INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MUSIQIY LEKSIKANING DIAXRON RIVOJLANISHI VA QIYOSIY TADQIQI
Keywords:
musiqiy leksika, diaxron tahlil, qiyosiy tadqiqot, ingliz tili, o‘zbek tili, terminologiya, lingvokulturologiya.Abstract
Ushbu tadqiqot ingliz va o‘zbek tillarida musiqaga oid leksik birliklarning diaxron rivojlanishini qiyosiy jihatdan o‘rganishga bag‘ishlangan. Globallashuv davrida tillarning leksik tizimlaridagi o‘zgarishlarni tadqiq etish muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqotning asosiy maqsadi har ikki tilda musiqiy leksikaning shakllanish bosqichlari, rivojlanishi va qiyosiy xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda ingliz tilidagi musiqiy leksikaga lotin, fransuz va italyan tillarining, o‘zbek tilidagi musiqiy leksikaga esa turkiy, arab va fors tillarining ta’siri tahlil qilindi. “Music – musiqa”, “melody – navo/ohang”, “harmony – tarovat”, “maqom – mode” kabi terminlarning diaxron evolyutsiyasi solishtirildi.
Natijada har ikki tilda musiqiy leksika jamiyatning ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlarini aks ettirishi, ammo o‘zining milliy-madaniy o‘ziga xosligini saqlab qolishi aniqlandi. Tadqiqot qiyosiy tilshunoslik va lingvokulturologiya fanlari uchun ahamiyatga ega.
References
1.Abdullayeva N. O‘zbek tilining leksikologiyasi. – Toshkent: Fan, 2020.
2.Qo‘ldoshev A. Lingvokulturologiya va milliy madaniyat. – Toshkent, 2022.
3.Crystal D. The Cambridge Encyclopedia of the English Language. – Cambridge, 2019.
4.Rasulov R. Musiqa terminlarining o‘zbek tilidagi semantik xususiyatlari // O‘zbek tili va adabiyoti. – 2021. – №3.
5.Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. – Chicago, 2003.