INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA KLIMAKSNING LINGVOKULTUROLOGIK MAZMUNI VA MILLIY TAFAKKURDAGI O‘RNI
Keywords:
klimaks, lingvokulturologiya, milliy tafakkur, ingliz tili, o‘zbek tili, stilistik vosita, diskurs, pragmatika, madaniy qadriyatlar, qiyosiy tilshunoslik. AAbstract
Mazkur tezis ingliz va o‘zbek tillarida klimaksning lingvokulturologik mazmuni hamda uning milliy tafakkurdagi o‘rni qiyosiy aspektda tahlil qilinadi. Klimaks nutqning emotsional, semantik va mantiqiy jihatdan bosqichma-bosqich kuchayib borishini ifodalovchi stilistik vosita sifatida har ikki tilning lingvokulturologik xususiyatlarini aks ettiruvchi muhim vosita sifatida o‘rganiladi. Tadqiqotda klimaksning ingliz va o‘zbek tillarida qo‘llanish xususiyatlari, madaniy omillar bilan bog‘liqligi hamda milliy tafakkur va mentalitetni ifodalashdagi o‘rni ilmiy asosda yoritiladi.
Ishda lingvokulturologik, qiyosiy-tipologik, diskursiv va pragmatik tahlil metodlaridan foydalanilgan holda ingliz va o‘zbek nutqida klimaksning funksional-semantik xususiyatlari aniqlanadi. Shuningdek, har ikki tilda klimaksning badiiy matnlarda, publitsistik nutqda hamda kundalik kommunikatsiyada qo‘llanishi orqali milliy tafakkur, qadriyatlar, madaniy stereotiplar va mental xususiyatlar ifodalanishi tahlil qilinadi.
Tadqiqot natijasida ingliz tilida klimaks ko‘proq individualizm, pragmatizm va mantiqiy izchillik asosida shakllanishi, o‘zbek tilida esa jamoaviylik, emotsionallik, hurmat va milliy qadriyatlar asosida rivojlanishi aniqlangan. Bu esa klimaksning lingvokulturologik vosita sifatida milliy tafakkurni ifodalashda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.
Mazkur tadqiqot natijalari lingvokulturologiya, qiyosiy tilshunoslik, pragmalingvistika hamda diskurs tahlili yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
References
1.Nurmonov A.. Lingvokulturologiya asoslari. — Toshkent: Fan, 2010.
2.Mahmudov N.. Til va nutq. — Toshkent: Fan, 2012.
3.Safarov Sh.. Pragmalingvistika. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2008.
4.Yo‘ldoshev B.. Hozirgi o‘zbek adabiy tili stilistikasi. — Toshkent: Fan, 2004.
5.Qo‘ng‘urov R.. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. — Toshkent: O‘qituvchi, 1991.
6.Abdullayev A.. Nutq madaniyati asoslari. — Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
7.Hojiyev A.. Tilshunoslik terminlari lug‘ati. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2002.
8.Nurmonov A., Mahmudov N.. Nazariy tilshunoslik asoslari. — Toshkent: Fan, 2013.
9.И.Р. Гальперин. Стилистика английского языка. — Москва: Высшая школа, 1981.
10.И.В. Арнольд. Стилистика современного английского языка. — Москва: Просвещение, 1990.
11.В.В. Виноградов. О языке художественной литературы. — Москва: Наука, 1971.
12.М.Н. Кожина. Стилистика русского языка. — Москва: Просвещение, 1993.
13.В.И. Карасик. Языковой круг: личность, концепты, дискурс. — Волгоград, 2002.
14.Н.Д. Арутюнова. Дискурс. — Москва: Наука, 1990.
15.В.И. Шаховский. Эмоции в языке. — Москва: Либроком, 2008.
16.Abduraxmanov, T. S. (2025). O‘Zbekistonda Fanlararo Innovatsiyalar Va 41-Son Ilmiy Tadqiqotlar Jurnali 20.06.2025 O‘Zbek Va Ingliz Tilarida Ko’chirma Va O’zlashtirma Nutqning Tahlili Va Lingva-Didaktik Masallari [Journal-Article].
17.Abduraxmanov, T. S. & Andijon davlat chet tillari instituti. (2025). Maishiy Diskursning Yoshga Doir Tasnifi [Ilmiy Metodik Jurnal]. Journal Of Iqro, Object]. Https://Www.Wordlyknowledge.Uz (Original Work Published 2025)