O‘ZBEK TILIDAGI FE’L VAZIFA SHAKLLARINING MORFOLOGIK ANNOTATSIYA MODELI VA TEGLAR TIZIMI

Authors

  • To‘xtayev Shuhrat Furqatovich, Buxoro viloyat Kogon shahar IM ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Keywords:

o‘zbek tili, fe’l vazifa shakllari, harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh, morfologik annotatsiya, teglar tizimi, korpus lingvistikasi.

Abstract

Fe’l vazifa shakllarining avtomatik annotatsiyasi o‘zbek tili kompyuter lingvistikasining eng murakkab masalalaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi fe’l vazifa shakllari — harakat nomi, sifatdosh va ravishdoshning morfologik annotatsiya modeli va teglar tizimi ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu shakllarning lingvistik mohiyati, ularning ikki tomonlama grammatik tabiati, morfoanalizator doirasida modellashtirish zarurati va mavjud muammolar ko‘rib chiqiladi. Uch bosqichli annotatsiya modeli: so‘z turkumi, morfologik xususiyat va sintaktik vazifa bosqichlari taklif etiladi.

References

1.Abduraxmonova, N. O‘zbek tili morfoanalizatori uchun fe’l analitik shakllarini modellashtirish. Ma’mun universiteti ilmiy jurnali, 1/2024.

2.Xudayberganov, N. O‘zbek tili korpusiga morfologik ishlov berish. Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar Xalqaro konferensiyasi, 2024.

3.Samatboyeva, M. O‘zbek tili korpusini annotatsiyalash va teglash (umumiy qoida va tizimlar). Kompyuter lingvistikasi Xalqaro konferensiyasi, 2025.

4.Hamroyeva, Sh. O‘zbek tili morfoanalizatorining lingvistik ta’minoti (doktorlik dissertatsiyasi). Toshkent, 2021.

5.Elov, B., Boltayev, B., et al. (2025). A Morphological Tagging Model of the Uzbek Language in the Universal Dependencies Format. 2025 10th International Conference on Computer Science and Engineering, 380–384.

Downloads

Published

2026-09-20

Conference Proceedings Volume

Section

Articles

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.