CHO‘L TUPROQLARIDAGI QO‘RG‘OSHINNI BACILLUS SUBTILIS BAKTERIYASI YORDAMIDA BIOREMEDIATSIYA QILISH SAMARADORLIGI (NAVOIY MINTAQASI MISOLIDA)

Authors

  • Hamroyev Lochinbek Qahramon o‘g‘li Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, magistrant
  • N.X. Usanbayev Ilmiy rahbar: t.f.d., prof.

Keywords:

Mazkur tadqiqotning maqsadi - Navoiy mintaqasining cho‘l-sur tuproqlaridagi qo‘rg‘oshinni Bacillus subtilis bakteriyasi va arpa (Hordeum vulgare) o‘simligi birgalikda qo‘llanilganda turli dozalarda kamaytirish samaradorligini laboratoriya sharoitida baholash hamda jarayonning biokimyoviy mexanizmlarini aniqlashdan iborat.

Abstract

Tuproqning og‘ir metallar, ayniqsa qo‘rg‘oshin (Pb) bilan ifloslanishi sanoat inqilobi davridan boshlangan va XXI asrda eng muhim global ekologik muammolardan biriga aylangan. Qo‘rg‘oshin tabiatda parchalanmaydi, tuproqda yillab to‘planib boradi va oziq-ovqat zanjiri orqali inson salomatligiga jiddiy xavf soladi. Navoiy mintaqasi O‘zbekiston Respublikasining yirik sanoat-metallurgiya markazlaridan biri bo‘lib, Navoiy konchilik-metallurgiya kombinati, elektrokimyo zavodi, «Navoiazot» kimyo majmuasi va issiqlik elektrostansiyasi faoliyati natijasida atrof-muhitga og‘ir metallar chiqarilishi qator tadqiqotlarda qayd etilgan. An’anaviy fizik-kimyoviy tozalash usullari (ekskavatsiya, termik dezorbsiya, kimyoviy yuvish) yuqori samaraga ega bo‘lsa-da, qimmatligi, katta energiya sarfi va tuproqning biologik unumdorligini buzishi sababli mahalliy sharoitga moslashtirilgan, arzon va ekologik xavfsiz biologik usullarni ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi.

References

1.Pourrut B., Shahid M., Dumat C., et al. Lead uptake, toxicity, and detoxification in plants // Reviews of Environmental Contamination and Toxicology. - 2011. - Vol. 213. - P. 113-136.

2.Bouabdli A., Saidi N., Belghyti D. Phytoremediation of Contaminated Agricultural Soil by Lead from Traffic Pollution Using a Common Barley Hordeum vulgare // International Journal of Environmental Research. - 2013. - Vol. 7, No. 3. - P. 615-620.

3.Sevak P., Pushkar B., Kapadne P. Lead pollution and bacterial bioremediation: a review // Environmental Chemistry Letters. - 2021. - Vol. 19. - P. 4463-4488.

4.Quziyev R.Q., Sektimenko V.E. O‘zbekiston tuproqlari va ularning ekologik holati. - Toshkent: Fan, 2018. - 184 b.

5.Ali H., Khan E., Sajad M.A. Phytoremediation of heavy metals - Concepts and applications // Chemosphere. - 2013. - Vol. 91, No. 7. - P. 869-881.

6.Bratovcic A., Hikal W.M., Said-Al Ahl H.A.H., et al. Bioremediation of Heavy Metals by the Genus Bacillus // International Journal of Environmental Research and Public Health. - 2023. - Vol. 20, No. 6. - Art. 4964. - P. 4963-4985.

7.Hu X., Wang J., Lv Y., et al. Bioimmobilization of lead by Bacillus subtilis X3 biomass isolated from lead mine soil under promotion of multiple adsorption mechanisms // Royal Society Open Science. - 2020. - Vol. 7. P. 1-15.

8.Suarez J.A., Romero E., Saavedra M.J. Remediation of Pb-contaminated soil using biochar-based slow-release P fertilizer // Scientific Reports. - 2023. - Vol. 13. P. 1-15.

9.Briffa J., Sinagra E., Blundell R. Heavy metal pollution in the environment and their toxicological effects on humans // Heliyon. - 2020. - Vol. 6, No. 9. - P. 1-26.

10.Nriagu J.O., Pacyna J.M. Quantitative assessment of worldwide contamination of air, water and soils by trace metals // Nature. - 1988. - Vol. 333. - P. 134-139.

11.Khan F.I., Husain T., Hejazi R. An overview and analysis of site remediation technologies // Journal of Environmental Management. - 2004. - Vol. 71, No. 2. - P. 95-122.

Downloads

Published

2026-06-18

Conference Proceedings Volume

Section

Articles

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.