O‘ZBEKISTON EKSPORTINING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA XALQARO LOGISTIKA XARAJATLARINI OPTIMALLASHTIRISH MEXANIZMLARI
Keywords:
eksport raqobatbardoshligi, xalqaro logistika, transport xarajatlari, logistika xarajatlarini optimallashtirish, xalqaro transport yo‘laklari, tranzit, bojxona jarayonlari, global qiymat zanjirlari.Abstract
Mazkur tezis O‘zbekiston eksportining xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirishda transport-logistika xarajatlarini optimallashtirishning iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarini o‘rganishga qaratilgan. O‘zbekistonning dengiz portlariga bevosita chiqish imkoniyati cheklanganligi, xalqaro tranzit yo‘nalishlariga bog‘liqligi hamda transport va chegara jarayonlaridagi qo‘shimcha xarajatlar eksport mahsulotlarining yakuniy narxi va yetkazib berish samaradorligiga ta’sir etuvchi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi xalqaro logistika xarajatlarining eksport raqobatbardoshligiga ta’sir etish mexanizmlarini tahlil qilish, mavjud tashkiliy va infratuzilmaviy to‘siqlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda statistik, qiyosiy va tarkibiy tahlil usullaridan foydalanish, xalqaro transport yo‘laklari, tranzit muddatlari, transport tariflari va bojxona jarayonlari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni o‘rganish nazarda tutiladi. Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati logistika xarajatlarini optimallashtirish orqali eksportchi korxonalarning tashqi bozorlardagi raqobat pozitsiyasini mustahkamlash hamda O‘zbekistonning global qiymat zanjirlariga integratsiyalashuvini rivojlantirishga qaratilgan mexanizmlarni asoslash bilan belgilanadi.
References
1.Arvis, J.-F., Raballand, G., & Marteau, J.-F. (2010). The cost of being landlocked: Logistics costs and supply chain reliability. World Bank. https://doi.org/10.1596/978-0-8213-8408-4
2.Hummels, D. L., & Schaur, G. (2013). Time as a trade barrier. American Economic Review, 103(7), 2935–2959. https://doi.org/10.1257/aer.103.7.2935
3.Limão, N., & Venables, A. J. (2001). Infrastructure, geographical disadvantage, transport costs, and trade. The World Bank Economic Review, 15(3), 451–479. https://doi.org/10.1093/wber/15.3.451
4.Portugal-Perez, A., & Wilson, J. S. (2009). Why trade facilitation matters to Africa. World Trade Review, 8(3), 379–416. https://doi.org/10.1017/S147474560900439X
5.Xalqaro tashkilotlar hisobotlari
6.Asian Development Bank. (2025). CAREC corridor performance measurement and monitoring annual report 2023. https://www.adb.org/publications/carec-cpmm-annual-report-2023
7.World Bank. (2023). Connecting to compete 2023: Trade logistics in an uncertain global economy—The Logistics Performance Index and its indicators. https://lpi.worldbank.org/sites/default/files/2023-04/LPI_2023_report.pdf
8.O‘zbekistonning rasmiy statistik manbalari
9.O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. (2026, 22-yanvar). 2025-yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 81 mlrd dollardan oshdi. Rasmiy manba.
10.Asian Development Bank. (2025). Deepening trade and transport facilitation policy analysis of border crossing points: Expanding the CAREC Corridor Performance Measurement and Monitoring Framework. https://doi.org/10.22617/TCS250302-2.
11.Asian Development Bank. (2026). Border Upgrades for Integration, Logistics, and Development Facility (Project No. 60008-001). Loyiha hujjati