NKMK SHAROITIDA YANGI FLOTATSION REAGENTLARNI QO‘LLAGAN HOLDA TARKIBIDA OLTIN BO‘LGAN RUDALARNI BOYITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ILMIY-TEXNOLOGIK ASOSLARI
Keywords:
oltin saqlovchi ruda, flotatsiya, yangi flotatsion reagent, kollektor, koük hosil qiluvchi reagent, modifikator, pirit, arsenopirit, selektivlik, oltin ajralishi, NKMK.Abstract
Mazkur tadqiqot Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) sharoitida tarkibida oltin bo‘lgan rudalarni flotatsion boyitish samaradorligini oshirishning ilmiy va texnologik asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan [1, 2]. Tadqiqotning asosiy yo‘nalishi ruda mineralogiyasiga mos yangi flotatsion reagentlarni tanlash, ularning oltin saqlovchi va sulfidli minerallarga ta’sirini aniqlash hamda optimal reagent texnologik tartibini asoslashdan iborat. Kollektor, ko‘pik hosil qiluvchi reagent va modifikatorlarning alohida hamda kombinatsiyalangan ta’siri, shuningdek pH, yanchish darajasi, konditsionerlash vaqti va flotatsiya davomiyligining jarayon ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganiladi. Kutilayotgan natija - oltinning boyitmaga ajralishini oshirish, chiqindidagi yo‘qotilishni kamaytirish va jarayon selektivligini yaxshilashga xizmat qiluvchi texnologik tavsiyalar ishlab chiqish.
References
1.Sanaqulov Q.S. Oltin tarkibli sulfidli ma'danlarni qayta ishlashda flotatsiya texnologiyalarini takomillashtirish // O'zbekiston kimyo jurnali. — 2016. — №4. — B. 12-18.
2.Sanaqulov Q.S., Ergashev U.A. Murakkab tarkibli oltin saqlovchi xomashyolarni boyitishda reagent rejimlarini optimallashtirish xususiyatlari // Kompleksnoe ispolzovanie mineralnogo syrya. — 2021. — №3. — B. 45-52.
3.O’Connor C.T., Dunne R.C. The flotation of gold bearing ores — A review. Minerals Engineering, 1994, Vol. 7, Issue 7, pp. 839–849.
4.Allan G.C., Woodcock J.T. A review of the flotation of native gold and electrum. Minerals Engineering, 2001.
5.Navoiy kon-metallurgiya kombinati. Flotatsiya – murakkab texnologik jarayon. 25.07.2025.
6.Navoiy kon-metallurgiya kombinati. A New Grinding Mill Commissioned at Hydrometallurgical Plant No. 3. 29.01.2026.