EKSPERIMENTAL YALLIG‘LANISH MODELIDA GALOGEN SAQLOVCHI 1,2,3-TRIAZOL KARBAMAT HOSILALARINING BIOKIMYOVIY FAOLLIGINI BAHOLASH
Keywords:
Kalit so‘zlar: galogen saqlovchi 1,2,3-triazol karbamatlar, eksperimental yallig‘lanish, biokimyoviy faollik, oksidlanish stressi, antioksidant tizim, sitokinlar, lipidlar peroksid oksidlanishi, malondialdegid, superoksiddismutaza, katalaza.Abstract
Yallig‘lanish organizmning tashqi va ichki shikastlovchi omillarga nisbatan shakllanadigan universal himoya-moslanish reaksiyasi hisoblanadi. Uning rivojlanishi immun tizimining faollashuvi, sitokinlar tarmog‘idagi o‘zgarishlar hamda hujayralarda kechuvchi biokimyoviy jarayonlar bilan chambarchas bog‘liq. Yallig‘lanish jarayonida proyallig‘lanish sitokinlari sintezining ortishi reaktiv kislorod turlarining haddan tashqari hosil bo‘lishiga olib keladi. Natijada lipidlar peroksid oksidlanishi jadallashadi, hujayra membranalarining tuzilishi va funksional holati buziladi hamda antioksidant himoya tizimi imkoniyatlari pasayadi. Shu bois yallig‘lanishga qarshi yangi biologik faol birikmalarni izlash va ularning biokimyoviy ta’sir mexanizmlarini aniqlash zamonaviy biokimyoning dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
References
x