OLTIN TARKIBLI SULFIDLI RUDALARNI FLOTATSION BOYITISHDA MINERALOGIK VA FIZIK-KIMYOVIY OMILLARNING ROLI
Keywords:
oltin tarkibli ruda, sulfidlar, pirit, arsenopirit, mineralogiya, flotatsiya, kollektor, maydalash, butana muhiti, oltin ajralishi.Abstract
Mazkur ish oltin tarkibli sulfidli rudalarni flotatsiya usulida boyitish jarayonining samaradorligini belgilovchi mineralogik va fizik-kimyoviy omillarni kompleks baholashga bag‘ishlangan. Oltinning erkin zarracha, elektum hamda pirit va arsenopirit kabi sulfid minerallari bilan bog‘langan shakllarda uchrashi flotatsiya mexanizmini murakkablashtiradi [1, 2]. Shu sababli reagent tanlashni faqat kollektor xossalari bilan cheklash emas, balki oltinning mineral shakli, zarracha o‘lchami, mineral yuzasining holati, maydalash muhiti, butana pH va oksidlanish-qaytarilish sharoitlarini birgalikda hisobga olish talab etiladi [3, 4]. Tadqiqotda mineralogik diagnostika va laboratoriya flotatsiyasini o‘zaro bog‘lash orqali oltinning chiqindiga o‘tish sabablarini aniqlash va keyinchalik yangi reagentlar uchun ilmiy asoslangan reagent rejimini ishlab chiqish nazarda tutiladi [5, 6].
References
1.Sanaqulov Q.S. Oltin tarkibli qiyin boyitiladigan rudalarni qayta ishlash jarayonlarini jadallashtirishning ilmiy-texnologik asoslari. — Toshkent: Fan, 2014. — 240 b.
2.Sanaqulov Q.S., Mutalov Sh.A. Ma'danlarni boyitish va metallurgiya jarayonlarida fizik-kimyoviy va gidrodinamik omillarning ta'siri // O'zbekiston konchilik xabarnomasi. — 2018. — №2. — B. 34-39.
3.O’Connor C.T., Dunne R.C. The flotation of gold bearing ores — A review. Minerals Engineering, 1994, 7(7), 839–849.
4.Allan G.C., Woodcock J.T. A review of the flotation of native gold and electrum. Minerals Engineering, 2001, 14(9), 931–962.
5.Dunne R. Flotation of gold and gold-bearing ores. Developments in Mineral Processing, 2005, 15, 309–344.
6.Rabieh A., Albijanic B., Eksteen J.J. A review of the effects of grinding media and chemical conditions on the flotation of pyrite in refractory gold operations. Minerals Engineering, 2016, 94, 21–28.