2-TIP QANDLI DIABETDA DIABETIK POLINEYROPATIYANING KLINIK AHAMIYATI VA DIABETIK OYOQ ASORATLARINING OLDINI OLISH
Keywords:
2-tip qandli diabet, diabetik polineyropatiya, periferik neyropatiya, diabetik oyoq, giperglikemiya, oyoq yaralari, profilaktika.Abstract
Diabetik polineyropatiya 2-tip qandli diabetning eng ko‘p uchraydigan surunkali asoratlaridan biri bo‘lib, periferik nerv tolalarining progressiv shikastlanishi, sezuvchanlikning buzilishi, diabetik oyoq yaralari va pastki ekstremitalar amputatsiyasi xavfining ortishi bilan tavsiflanadi. Kasallikni erta tashxislash va kompleks profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish nogironlik xavfini kamaytirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.