2-TIP QANDLI DIABETLI BEMORLARNING DAVOLANISHGA MOYILLIKLARINI HUDUDLAR KESIMIDA SOLISHTIRMA O‘RGANISH VA UNI TAKOMILLASHTIRISH (ANDIJON VILOYATI MISOLIDA)

Authors

  • Yusupova Shahnoza Qodirjonovna, Juliyeva Yulduz Gayrat qizi Ilmiy rahbar, Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi assistenti

Keywords:

2-tip qandli diabet, davolanishga moyillik, adherensiya, hududlar kesimi, Andijon viloyati, qishloq hududi, shahar hududi, HbA1c, Morisky Medication Adherence Scale.

Abstract

Ushbu tezisda Andijon viloyatida 2-tip qandli diabetli bemorlarning davolanishga moyilliklarini hududlar kesimida solishtirma o‘rganish va uni takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot kesma dizaynda o‘tkazilib, jami 420 nafar bemor (210 nafari shahar hududidan va 210 nafari qishloq tumanlaridan) ishtirok etgan. Ma’lumotlar Morisky Medication Adherence Scale (MMAS-8) yordamida yig‘ilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bemorlarning umumiy davolanishga moyilligi past bo‘lib, 48,1 % da past moyillik qayd etilgan. Qishloq hududlarida past moyillik 58,6 % ni tashkil etgan bo‘lsa, shahar hududida bu ko‘rsatkich 37,6 % ga teng bo‘ldi (p < 0,001). Glyukoza nazorati (HbA1c <7 %) faqat 34,8 % bemorlarda qoniqarli darajada bo‘lib, qishloq hududida bu ko‘rsatkich 27,6 % ni tashkil etgan. Davolanishga past moyillikka eng kuchli ta’sir etuvchi omillar sifatida dori-darmonlarning yuqori narxi va mavjud emasligi, mutaxassisga murojaat qilishdagi qiyinchiliklar, bilim darajasining pastligi va oilaviy qo‘llab-quvvatlashning zaifligi aniqlandi.

References

1.International Diabetes Federation. IDF Diabetes Atlas, 11th edition. Brussels, Belgium: IDF; 2025. Available from: https://diabetesatlas.org/

2.World Health Organization. WHO recommendations on care for women with diabetes during pregnancy. Geneva: WHO; 2025.

3.Sultonov A. Assessing medication adherence and identifying barriers among diabetes patients in Uzbekistan using Morisky Medication Adherence Scale. Endocrine Abstracts. 2024.

4.Khaydarov M. Assessing medication adherence and unravelling the barriers among type 2 diabetes mellitus patients. Endocrine Abstracts. 2024.

5.Malik A, et al. Hypertension-related knowledge, practice and drug adherence among inpatients of a hospital in Samarkand, Uzbekistan. Nagoya J Med Sci. 2014;76(3-4):255-263.

6.Laghousi D, et al. The eight-item Morisky Medication Adherence Scale: Validation of its Persian version in diabetic adults. J Res Med Sci. 2021.

7.Dugani SB, et al. Burden and management of type 2 diabetes mellitus in rural communities: A review. Curr Diab Rep. 2021;21(3):1-12. (rural-urban farqlar bo‘yicha)

8.McAlexander TP, et al. Urban and rural differences in new onset type 2 diabetes: Comparisons across national and regional samples. SSM Popul Health. 2022;19:101161.

9.Al-Chawishli S, et al. Measuring diabetic medication adherence and factors that influence it among adult type 2 diabetes patients. PMC. 2024.

10.American Diabetes Association. Standards of Care in Diabetes – 2026. Diabetes Care. 2026;49(Supplement 1).

Downloads

Published

2026-04-21

Conference Proceedings Volume

Section

Articles

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.