QANDLI DIABETDA FARMAKOTERAPIYA VA GLYUKOZA METABOLIZMINING BIOKIMYOVIY ASOSLARI

Authors

  • Rafiyeva A.A Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Toshkent shahri, O’zbekiston Respublikasi,
  • Bekmurodova M.B Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Toshkent shahri, O’zbekiston Respublikasi,
  • Mirzaahmedova K.T Ilmiy rahbar: PhD. Dotsent (ToshDavTU)

Keywords:

Maqsadi. Qandli diabetda qo‘llaniladigan asosiy farmakologik vositalarning glyukoza metabolizmiga ta’sir mexanizmlarini o‘rganish hamda ularning insulin signalizatsiyasi, glyukoneogenez, glyukozaning hujayralarga o‘zlashtirilishi va boshqa muhim biokimyoviy jarayonlarga ta’sirini tahlil qilish.

Abstract

Dolzarbligi. Qandli diabet insulin sekretsiyasi va uning ta’sirining buzilishi natijasida rivojlanadigan, glyukoza almashinuvining surunkali buzilishi bilan kechuvchi metabolik kasallikdir. Uzoq davom etuvchi giperglikemiya yurak-qon tomir tizimi, buyrak, ko‘z va asab tizimida jiddiy asoratlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli glyukoza almashinuvini samarali boshqarish qandli diabet farmakoterapiyasining asosiy maqsadlaridan biridir. Zamonaviy farmakoterapiyada insulin preparatlari, metformin, sulfonilmochevina preparatlari, GLP-1 retseptor agonistlari, DPP-4 va SGLT2 ingibitorlari kabi dori vositalari keng qo‘llanadi. Ushbu preparatlar glyukoza metabolizmining turli bosqichlari va molekulyar nishonlariga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois qandli diabetda qo‘llaniladigan farmakologik vositalarning ta’sir mexanizmlarini glyukoza almashinuvining biokimyoviy jarayonlari bilan bog‘liq holda o‘rganish kasallikni davolashning zamonaviy yondashuvlarini tushunishda muhim ahamiyatga ega.

Downloads

Published

2026-09-21

Conference Proceedings Volume

Section

Articles

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.