INGLIZ TILIDAN O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILINGAN BADIIY ASARLARDA SUKUT VA IMPLITSITLIKNING LINGVOPRAGMATIK TAHLILI
Keywords:
sukut, implitsitlik, implikatura, lingvopragmatika, badiiy tarjima, eksplitsitlashtirish, relevantlik nazariyasi, kompensatsiya, subtekst.Abstract
Mazkur maqolada ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘girilgan badiiy asarlarda sukut va implitsitlik hodisalarining lingvopragmatik xususiyatlari tadqiq etiladi. Sukut nutqiy harakatning muqobil shakli, implitsitlik esa ma’noning bevosita ifodalanmagan, kontekst va umumiy bilimlar yordamida tiklanadigan qatlami sifatida talqin qilinadi. Tadqiqot P. Grays implikaturalar nazariyasi, D. Sperber va D. Uilsonning relevantlik nazariyasi hamda E.-A. Gutt tomonidan ishlab chiqilgan tarjimaga relevantlik yondashuvi asosida olib borildi. E. Xeminguey, J. Ostin, O. Uayld va J. D. Selinjer asarlaridan olingan misollar qiyosiy-chog‘ishtirma usulda tahlil qilinib, tarjimada yashirin ma’noni uzatishning eksplitsitlashtirish, saqlash, kompensatsiya va neytrallashtirish strategiyalari aniqlandi. Natijalar tarjimonning ortiqcha izohlashga moyilligi muallif uslubiga xos «aysberg» ta’sirini zaiflashtirishi mumkinligini ko‘rsatadi.
References
1.Blum-Kulka Sh. Shifts of cohesion and coherence in translation // House J., Blum-Kulka Sh. (eds.) Interlingual and Intercultural Communication. – Tübingen: Gunter Narr, 1986. – P. 17–35.
2.Ephratt M. The functions of silence // Journal of Pragmatics. – 2008. – Vol. 40, № 11. – P. 1909–1938.
3.Grice H. P. Logic and conversation // Cole P., Morgan J. (eds.) Syntax and Semantics. Vol. 3: Speech Acts. – New York: Academic Press, 1975. – P. 41–58.
4.Gutt E.-A. Translation and Relevance: Cognition and Context. – Oxford: Blackwell, 1991. – 222 p.
5.Baker M. In Other Words: A Coursebook on Translation. – London; New York: Routledge, 1992. – 304 p.
6.Jaworski A. The Power of Silence: Social and Pragmatic Perspectives. – Newbury Park: Sage, 1993. – 188 p.