YURAK-QON TOMIR TIZIMINING EKSTREMAL OMILLAR TA’SIRIGA MOSLASHUVCHANLIK FIZIOLOGIK MEXANIZMLARI
Keywords:
yurak-qon tomir tizimi, fiziologik adaptatsiya, ekstremal omillar, gipoksiya, simpatik-adrenal tizim, miokard, gemodinamika, gomeostaz, kardiomiotsit, gipertrofiya, stress-protektiv tizimlar.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada inson organizmining asosiy integrativ va transport tizimi hisoblangan yurak-qon tomir tizimining (YQTT) turli xil ekstremal omillar (ekstremal jismoniy yuklamalar, o‘tkir va surunkali gipoksiya, yuqori hamda past haroratli muhit, davomli psixoemotsional stress) ta’siriga moslashish (adaptatsiya) jarayonlari tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqotda shoshilinch va uzoq muddatli adaptatsiyaning neyrogumoral, gemodinamik, metabolik hamda hujayra-molekulyar darajadagi fiziologik mexanizmlari chuqur yoritilgan. Ekstremal sharoitlarda gomeostazni saqlashda simpatik-adrenal va gipofizar-adrenokortikal tizimlarning o‘rni, shuningdek, miokardning funksional zaxiralarini safarbar etish prinsiplari ko‘rsatib o‘tilgan.
References
1.Almatov K.T., Allamuratov SH.I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi. – Toshkent: "Universitet", 2018. – 412 b.
2.Meerson F.Z., Pshonnikova M.G. Adaptatsiya k stressornim situatsiyam i fizicheskim nagruzkam. – Moskva: "Meditsina", 1988. – 256 s.
3.Sudakov K.V. Normalnaya fiziologiya: Uchebnik dlya studentov meditsinskix vuzov. – Moskva: "GEOTAR-Media", 2015. – 800 s.
4.Toʻlanboyeva M.E. Yurak-qon tomir tizimining ekstremal omillar ta’sirida o‘zgarishi va kompensator imkoniyatlari // O‘zbekiston tibbiyot jurnali. – Toshkent, 2025. – №3. – B. 45-50.
5.Guyton A.C., Hall J.E. Textbook of Medical Physiology. – 14th Edition. – Elsevier, 2021. – 1152 p.