https://doi.org/10.5281/zenodo.20621156

Authors

  • Avazbekov B.A. x
  • Tulaboyeva G.M. x
  • Sobirova Sh.S. x

Keywords:

Kasallikning oxirgi nuqtalari sifatida yurak-qon tomir o‘limi, miokard infarkti, insult, yurak yetishmovchiligining rivojlanishi, qayta gospitalizatsiya va hayot sifatining pasayishi ko‘rsatkichlari alohida ahamiyatga ega. Mazkur ko‘rsatkichlarni tahlil qilish bemorlarni samarali boshqarish strategiyalarini ishlab chiqishga imkon beradi.

Abstract

Yurak-qon tomir kasalliklari dunyo bo‘yicha o‘lim va nogironlikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yurak ishemik kasalligi (YIK) va turli xil yurak ritmi buzilishlari birgalikda uchragan hollarda kasallikning kechishi og‘irlashadi, bemorlarda asoratlar rivojlanish xavfi ortadi hamda uzoq muddatli prognoz yomonlashadi. Zamonaviy tibbiyotda YIK va aritmiyalarni davolashning yangi usullari ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, ushbu bemorlarni uzoq muddatli kuzatish natijalarini baholash muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

References

1.Yurak ishemik kasalligi va aritmiyalar birgalikda uchragan bemorlarda uzoq muddatli prognoz sezilarli darajada yomonlashadi.

2.Bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi insult va tromboembolik asoratlar xavfini oshiradi.

3.Chap qorincha funksiyasining pasayishi surunkali yurak yetishmovchiligi rivojlanishining muhim prognostik omili hisoblanadi.

4.Hamroh kasalliklarning mavjudligi kasallikning oxirgi nuqtalari sonini ko‘paytiradi.

5.Muntazam dori terapiyasi va dispanser kuzatuvi yurak-qon tomir asoratlarini kamaytirishga yordam beradi.

Downloads

Published

2026-06-10

Conference Proceedings Volume

Section

Articles

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.