RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA INGLIZ TILIDA O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI
Keywords:
raqamli ta’lim muhiti, ingliz tili, o‘qish savodxonligi, raqamli o‘qish, raqamli matn, raqamli kompetensiya, metakognitiv strategiyalar, strategik o‘qish, tanqidiy o‘qish, kognitiv yondashuv.Abstract
Mazkur tezisda raqamli ta’lim muhitida ingliz tilida o‘qish savodxonligini rivojlantirishning metodologik asoslari yoritiladi. Zamonaviy raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga keng joriy etilishi ingliz tilida o‘qish faoliyatining mazmuni, shakllari va strategiyalarini yangicha tashkil etishni talab qilmoqda. Raqamli muhitda o‘quvchi nafaqat matn mazmunini tushunishi, balki turli manbalardan axborot izlash, uni saralash, taqqoslash, tahlil qilish, ishonchliligini baholash va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur. Shu nuqtayi nazardan, ingliz tilida o‘qish savodxonligini rivojlantirishda kompetensiyaviy, kognitiv, metakognitiv va raqamli yondashuvlarning integratsiyasi muhim metodologik asos sifatida namoyon bo‘ladi. Tezisda raqamli matnlar bilan ishlash, interaktiv topshiriqlardan foydalanish, metakognitiv o‘qish strategiyalarini shakllantirish hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli ta’lim muhitida o‘quvchining mustaqil o‘qish faoliyatini tashkil etish va o‘zlashtirish jarayonini metakognitiv nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Natijada raqamli matn bilan ishlashni strategik o‘qish, metakognitiv monitoring, tanqidiy tahlil va mustaqil xulosa chiqarish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish ingliz tilida o‘qish savodxonligini rivojlantirishning samarali metodologik yo‘nalishi sifatida asoslanadi.
References
1. OECD. (2023). PISA 2022 Assessment and Analytical Framework. OECD Publishing, Paris. https://doi.org/10.1787/dfe0bf9c-en
2.Kan, T., Noordin, N., & Ismail, L. (2024). Implementation of metacognitive reading strategies to improve English reading ability: A systematic review. International Journal of Learning, Teaching and Educational Research, 23(7), 368–389. https://doi.org/10.26803/ijlter.23.7.19
3. Liu, D., & Qin, J. (2024). The effectiveness of cognitive linguistics-inspired language pedagogies: A systematic review. The Modern Language Journal, 108(4), 794–814. https://doi.org/10.1111/modl.12959
4. Vettori, G., Casado Ledesma, L., Tesone, S., & Tarchi, C. (2024). Key language, cognitive and higher-order skills for L2 reading comprehension of expository texts in English as foreign language students: A systematic review. Reading and Writing, 37, 2481–2519. https://doi.org/10.1007/s11145-023-10479-3
5.Mekuria, A., Bushisho, E. W., & Wubshet, H. (2024). The effects of reading strategy training on students’ reading strategy use and critical reading ability in EFL reading classes. Cogent Education, 11(1), 2310444. https://doi.org/10.1080/2331186X.2024.2310444
6.Fan, Y. va boshqalar. (2026). A systematic review on the relationship between metacognitive reading strategies and English reading performance. International Journal of Learning, Teaching and Educational Research, 25(5). https://doi.org/10.26803/ijlter.25.5.19