OILAVIY ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIKNING HUQUQIY ASOSLARI
Keywords:
oilaviy zo‘ravonlik, huquqiy javobgarlik, ma’muriy javobgarlik, jinoiy javobgarlik, inson huquqlari, xotin-qizlar huquqlari, tazyiq, jismoniy zo‘ravonlik, ruhiy zo‘ravonlik, iqtisodiy zo‘ravonlik, himoya orderi, huquqiy himoya, huquqiy madaniyat, huquqbuzarliklar profilaktikasi, milliy qonunchilik.Abstract
Ushbu maqolada bugungi kunda jamiyat hayotida dolzarb ijtimoiy-huquqiy muammolardan biri hisoblangan oilaviy zo‘ravonlik uchun javobgarlikning huquqiy asoslari, uning kelib chiqish sabablari, shakllari va salbiy oqibatlari keng yoritilgan. Xususan, oilaviy zo‘ravonlikning jismoniy, ruhiy, iqtisodiy va boshqa ko‘rinishlari, ularning inson huquq va erkinliklari, sha’ni hamda qadr-qimmatiga ta’siri ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va ahamiyati, oilaviy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan belgilangan ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik choralari atroflicha o‘rganilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonunchilik normalarining ushbu munosabatlarni tartibga solishdagi o‘rni ochib berilgan.
Bundan tashqari, oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, himoya orderini qo‘llash tartibi hamda vakolatli davlat organlarining bu boradagi faoliyati tahlil etilgan. Xalqaro huquqiy standartlar va milliy qonunchilik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olishda huquqiy madaniyat va huquqiy ongning ahamiyati ham alohida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mavjud huquqiy muammolarni bartaraf etish, qonunchilik normalarining samarali ijrosini ta’minlash va oilada sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2.O‘RQ-561-son Qonun, 2-sentabr 2019-yil.
3.O‘RQ-829-son Qonun, 11-aprel 2023-yil.
4.O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, 59²-modda.
5.O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, 126¹-modda.
6.BMTning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi.