INSON HUQUQLARINI SHAXSIY MAKONDA HIMOYA QILISH: QONUNIY KAFOLATLAR VA ZAMONAVIY INTERNET HAYOTI
Keywords:
Kalit soʻzlar: inson huquqlari, shaxsiy makon, shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsga doir ma’lumotlar, raqamli muhit, elektron kommunikatsiyalar, axborot xavfsizligi, konstitutsiyaviy kafolatlar, xalqaro huquqiy standartlar, qonunchilikni takomillashtirish.Abstract
Annotatsiya: maqolada globallashuv va raqamli texnologiyalar taraqqiyoti sharoitida inson huquqlarini shaxsiy makonda himoya qilishning nazariy-huquqiy asoslari hamda milliy qonunchilikdagi kafolatlari tahlil qilingan. Shaxsiy makon tushunchasi mualliflik tahliliy kategoriyasi sifatida talqin etilib, uning shaxsiy va oilaviy hayot, uy-joy daxlsizligi, elektron kommunikatsiyalar maxfiyligi hamda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish bilan bog‘liq jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli normalari o‘zaro qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli muhitda shaxsiy yozishmalarning oshkor etilishi, ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish va texnologik kuzatuv bilan bog‘liq xavflarning huquqiy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida shaxsiy makon daxlsizligini ta’minlashda amaldagi huquqiy kafolatlarning amaliy samaradorligini oshirish zarurligi asoslangan. Xususan, shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligi buzilgan hollarda ma’lumotlar subyektini xabardor qilish tartibini qonunchilikda aniqlashtirishga doir taklif ilgari surilgan.
References
1.Universal declaration of human rights 1948. https://www.amnesty.org/en/what-we-do/universal-declaration-of-human-rights/
2.International Covenant on Civil and Political Rights 16 December 1966. https://www.ohchr.org/en/instruments-mechanisms/instruments/international-covenant-civil-and-political-rightsYevropa Parlamenti va Kengashining 2016/679-sonli (Yevropa Ittifoqi) Nizomi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-modda. Yangi tahrir 30.04.2023 yil. https://lex.uz/docs/-6445145
3.Oʻzbekiston Respublikasining 02.07.2019 yildagi O‘RQ-547-son Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-modda. https://www.lex.uz/uz/docs/-4396419
4.Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi. 99-modda. https://www.lex.uz/uz/acts/-111189
5.Mary C. Lacity, Lynda Coon. Human Privacy in Virtual and Physical Worlds Multidisciplinary Perspectives. 2024. -P.20. file:///C:/Users/user/Downloads/978-3-031-51063-2.pdf
6.Human Rights in the Digital Domain. 2.1.2 Protection of Human Rights on the Internet. -P.20.https://www.cambridge.org/core/services/aop-cambridge-core/content/view/05AA35475326FED3F2AA575D7E63AE60/9781009606240AR.pdf/Human_Rights_in_the_Digital_Domain.pdf?event-type=FTLA