IAN McEWAN VA O‘TKIR HOSHIMOV ROMANLARIDA OILAVIY INQIROZNING MILLIY-BADIYY TALQINI
Keywords:
Ian McEwan, O‘tkir Hoshimov, oilaviy inqiroz, milliy-badiyy talqin, oilaviy buzilish, ota-ona va farzand munosabatlari, psixologik travma, axloqiy mas’uliyat, qiyosiy adabiyotshunoslik.Abstract
Mazkur tezis Ian McEwan va O‘tkir Hoshimov romanlarida oilaviy inqirozning milliy-badiyy talqinini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda McEwan’ning The Cement Garden, The Child in Time, Atonement va Lessons romanlari hamda Hoshimovning Dunyoning ishlari, Tushda kechgan umrlar, Ikki eshik orasi va Urushning so‘nggi qurboni asarlari tahlil materiali sifatida xizmat qiladi. Tezisda oilaviy inqiroz orqali oilaviy buzilish, ota-ona va farzand munosabatlari, psixologik travma, axloqiy mas’uliyat va milliy qadriyatlar muammolari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida McEwan’da oilaviy inqiroz ko‘pincha psixologik travma, shaxsiy yo‘qotish va oilaviy tartibning buzilishi bilan bog‘lanib, murakkab va ziddiyatli badiyy obraz sifatida talqin etilgani, Hoshimov’da esa oilaviy inqiroz ma’naviy yo‘qotish, axloqiy mas’uliyat va milliy qadriyatlar bilan bog‘lanib, xalqona mehr va ma’naviy burch timsoli sifatida yoritilgani aniqlanadi. Shu orqali ikki yozuvchining oilaviy munosabatlarni badiyy talqin etishdagi umumiy va milliy-badiyy farqlari ochib beriladi.
References
1.McEwan, I. The Cement Garden. London: Jonathan Cape, 1978.
2.McEwan, I. The Child in Time. London: Jonathan Cape, 1987.
3.McEwan, I. Atonement. London: Jonathan Cape, 2001.
4.McEwan, I. Lessons. London: Jonathan Cape, 2022.
5.Hoshimov, O. Dunyoning ishlari. Toshkent.
6.Hoshimov, O. Tushda kechgan umrlar. Toshkent.
7.Hoshimov, O. Ikki eshik orasi. Toshkent.
8.Hoshimov, O. Urushning so‘nggi qurboni. Toshkent.
9.Hajisoteriou, C. The challenges and prospects of intercultural adult education. Frontiers in Education, 2025, 10, 1467341. https://doi.org/10.3389/feduc.2025.1467341
10.Gaitán-Aguilar, L., Hofhuis, J., Jansz, J. A review of research on global citizenship in higher education: Towards a holistic approach. International Journal of Intercultural Relations, 2024, 102, 102050. https://doi.org/10.1016/j.ijintrel.2024.102050
11.The absence of mother in Ian McEwan’s The Cement Garden.
12.Shadows of the unseen: Maternal absence and the quest for identity.
13.A lovely sleep: A psychoanalytic reading of The Cement Garden.dergipark.org
14.Negotiating hegemonic masculinity in Ian McEwan’s The Cement Garden.
15.O‘tkir Hoshimov asarlarida “ona” obrazining badiyy talqini.
16.O‘tkir Hoshimov asarlaridagi “ona” obrazi.
17.O‘tkir Hoshimov ijodida ona obrazi.