TARIXIY SYUJETLARDA MILLIY O’ZLIK VA MAFKURAVIY ZIDDIYATLAR ANALIZI (“ULUG’BEK XAZINASI” VA “KO’HNA DUNYO”ROMANLARI MISOLIDA)
Keywords:
Kalit so’zlar: Odil Yoqubov, tarixiy syujet, milliy o’zlik, mafkuraviy ziddiyat, tarixiy xotira, ilm-fan, Mirzo Ulug’bek, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, badiiy talqinAbstract
Mazkur maqolada Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” va “Ko’hna dunyo” romanlarida tarixiy syujet, milliy o’zlik va mafkuraviy ziddiyatlar badiiy talqin nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Asarlarda tarixiy shaxslar taqdiri, ilm-fan va hokimiyat munosabatlari, ma’naviy qadriyatlar, haqiqat va manfaat o’rtasidagi qarama-qarshiliklar o’rganiladi. “Ulug’bek xazinasi” romanida Mirzo Ulug’bekning ilmiy merosi va fojiaviy taqdiri orqali ma’rifat bilan siyosiy manfaatlar o’rtasidagi ziddiyat ochib berilsa, “Ko’hna dunyo”romanida Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sino obrazlari vositasida olimning jamiyatdagi o’rni, tafakkur erkinligi va insoniy mas’uliyat masalalari yoritiladi. Ikki roman qiyosiy tahlil qilinib, tarixiy syujetlarning milliy xotira va milliy o’zlikni anglashdagi badiiy-estetik ahamiyati asoslanadi. Maqolaning ilmiy yangiligi ushbu romanlarda milliy o’zlikning faqat tarixiy meros bilan faxrlanish emas, balki ilm, haqiqat, axloqiy mustaqillik va ma’naviy javobgarlikni himoya qilish jarayoni sifatida namoyon bo’lishini qiyosiy tahlil qilishdan iborat.
References
1.Qurbonov D. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: Fan, 2007
2.Karimov O. Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi: savol-javoblar. — Namangan: Namangan, 2016. — 60–61-b.
3.Yoqubov O. Ulug‘bek xazinasi. — Toshkent: Ilim-ziyo-zakovat, 2019. — 368 b.
4.Yoqubov O. Ko‘hna dunyo. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. — 432 b.
5.Mirziyoyev Sh. M. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutq. — 2025-yil 29-avgust. https://www.president uz
6.Mirziyoyev Sh. M. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutq. — 2023-yil 31-avgust. https://president.uz/oz/lists/view/6637
7.Nasirov A. “Odil Yoqubovning ‘Ulug‘bek xazinasi’ romanida badiiy obraz yaratish”. Uluslararası Türk Lehçe Araştırmaları Dergisi (TÜRKLAD), 2020, 4-jild, 2-son. https://dergipark.org