YANGI O’ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA TA’LIM ISLOHOTLARI: ALISHER NAVOIY MEROSI BILAN UYG’UNLIK

Authors

  • Rasulova Shalola Qo’qon Davlat Universiteti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich magistranti

Keywords:

Prezidentimizning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi” va uning davomi bo‘lgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ham ta’lim tizimini bosqichma - bosqich yangi tizimga olib chiqish ko‘zda tutilgan. Bu islohotlar tizimning barcha bosqichlarini qamrab oldi.

Abstract

Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan barcha o‘zgarishlar inson manfaati uchun xizmat qiladi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida qilinayotgan ishlar har bir sohani qamrab oldi. Ayniqsa, ta’limga bo‘lgan e’tibor o‘zgacha tus olmoqda. Dunyo davlatlari ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lmoq oson emas. Buni faqatgina ilm orqali amalga oshirish mumkin. Chunki ilm hamisha insonga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Uni jaholat botqog‘idan tafakkur bosqichlariga olib chiqadi. Zero bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy hazratlari aytganlaridek: “Kamol et kasbkim olam uyudin sanga farz o‘lmag‘ay g‘am nok chiqmoq, Jahondin notamom o‘tmak biaynih erur hammomdin nopok chiqmoq”. Darhaqiqat, dunyoga kelib ilm- ma’rifatsiz yashab o‘tish go‘yoki, poklangani kirib, nopok holicha qaytib chiqishdir. Xalqimiz qadimdan ilmga oshno, kitobsevar bo‘lganligini buyuk insonlarni tarbiyalab, barcha insoniyatga ibrat qilganidan bilishimiz mumkin. Birgina Navoiy hazratlarining adolat, ma’rifat, bag‘rikenglik, insonparvarlik kabi axloqiy tamoyillar asosida yaratilgan ilmiy merosi butun dunyoga ma’naviy o‘rnak bo‘la oladi. Shuningdek, Adolatli jamiyat qurishda tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi Strategiyaning asosidagi yuksak g‘oyalar va maqsadlar ham aynan milliy qadriyatlarimizga asoslangan holda ta’lim va tarbiyani uyg‘unlashtirib, yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.

References

1. SH.M.Mirziyoyev “Yangi O’zbekiston Taraqqiyot stretegiyasi”

2. “Yangi O’zbekiston --2030”

3. Alisher Navoiy “Hayrat Ul-Abror” dostoni

4. Alisher Navoiy “Badoye Ul-Bidoya” devoni

Downloads

Published

2026-10-26

Conference Proceedings Volume

Section

Articles

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.