BARQAROR RIVOJLANTIRISH DASTURLARI VOSITASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA ILG‘OR MAMLAKATLAR TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH.
Keywords:
Tadbirkor uning imtiyozli kredit olishiga sabab bo‘lgan bitiruvchi o‘rtasida 2 yil davomida mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan taqdirda, kredit foizi mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan sanadan tijorat stavkasiga o‘zgartiriladi.Abstract
Bugungi kunda ko’plab mamlakatlar qatori O‘zbekiston ham barqaror rivojlanish yo’li orqali mamlakatda mavjud bo’lgan ishsizlik va kambag’alchilik muammolarini hal qilishni ustuvor maqsad qilib o’z oldiga qo’ygan. Bu yo’lda yevropa mamlakatlarining amalga oshirayotgan islohotlari va dasturlarini o’rganib undan andoza olish juda muhim qadam hisoblanadi. Hozirgi kunda barqaror rivojlanish masalasi jahon hamjamiyatining eng dolzarb va muhim mavzularidan biri hisoblanadi. Bu masalaga e’tiborning kuchayishi bejiz emas, chunki barqaror rivojlanish insoniyatning nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlar farovonligi, ijtimoiy adolat, iqtisodiy o‘sish va ekologik muvozanatni saqlash bilan chambarchas bog‘liqdir.Zamonaviy dunyoda global iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning kamayishi, qashshoqlik va tengsizlik kabi muammolar davlatlarni barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan siyosat yuritishga majbur qilmoqda. Shu sababli, ko‘plab mamlakatlar o‘z milliy strategiyalarini ishlab chiqib, BMT tomonidan qabul qilingan “Barqaror rivojlanish maqsadlari” dasturini amaliyotga joriy etmoqda.O‘zbekiston Respublikasi ham ushbu global tashabbusni faol qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlardan biridir. So‘nggi yillarda mamlakatimizda barqaror rivojlanishga oid islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasi, 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil iqtisodiyotga o‘tish va inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishlarida keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. O‘zbekistonning bu boradagi yondashuvi — iqtisodiy o‘sishni ijtimoiy adolat va ekologik barqarorlik bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan. Aholining turmush darajasini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, sifatli ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish orqali mamlakatda barqaror va inklyuziv rivojlanish uchun zarur asoslar yaratilmoqda. Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.
References
1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT). “Barqaror rivojlanish maqsadlari – 2030 kun tartibi” (Sustainable Development Goals – Agenda 2030). – Nyu-York, 2015-yil.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022.
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari to‘g‘risidagi qarori. – Toshkent, 2021-yil.
4.O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. Bitiruvchilar bandligini ta’minlashga oid me’yoriy hujjatlar va yangiliklar. – https://www.edu.uz