S.YUDAKOVNING “MAYSARANING ISHI” OPERASIDA MULLADO‘ST VA HOJIDARG‘A OBRAZI
Keywords:
Hajviy opera, musiqiy obraz, vokal ijrochilik, musiqiy dramaturgiya, leytmotiv, rechitativ, ariya, kuplet, vokal ansambl, o‘zbek xalq musiqasi, milliy ohang, opera san’ati.Abstract
Ushbu maqolada atoqli o‘zbek kompozitori Sulaymon Yudakovning “Maysaraning ishi” hajviy operasidagi Mullado‘st va Hojidarg‘a obrazlarining musiqiy-badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Mazkur obrazlarning opera dramaturgiyasidagi o‘rni, xarakteri va individual musiqiy ifoda vositalari o‘rganiladi. Mullado‘st obrazining musiqiy talqinida o‘zbek xalq qo‘shiqchilik an’analariga xos kuy-ohanglar, kuplet shakli, sodda va ta’sirchan vokal ifoda vositalarining qo‘llanilishi yoritiladi. Hojidarg‘a obrazining xarakteri esa leytmotiv, rechitativ, vokal-dialog, kuplet qo‘shiq va ansambl sahnalari orqali ochib berilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, har ikki obrazning hajviy mazmunni yuzaga chiqarishdagi ahamiyati, vokal ijrochilik imkoniyatlari hamda S. Yudakovning musiqiy dramaturgiyasidagi o‘ziga xos jihatlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida Mullado‘st va Hojidarg‘a obrazlari orqali kompozitor qahramonlarning xarakteri, ijtimoiy mavqeyi va voqealarga munosabatini yorqin musiqiy vositalar yordamida ifodalagani asoslab beriladi.
References
1. И.Способин. Музика шакли. Тошкент:Ўқитувчи, 1982 й.
2. Очерки истории музыкальной культуры Узбекистана. Выпуск 1. Ташкент: Ўқитувчи, 1968 г.
3. Музыкальная культура Узбекской ССР. Сборник статей. Москва: Музыка, 1981 г.
4. T.G’ofurbekov. O’zbek musiqa madaniyati. Toshkent: 2019 y.
5. С.Юдаков. Майсаранинг иши операси. Клавир. Тошкент:. 1985 йил.