RAQAMLI KOMMUNIKATSIYA SHAROITIDA O‘ZBEK TILINING IMLO VA NUTQ MADANIYATI: MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Keywords:
raqamli kommunikatsiya, imlo madaniyati, o‘zbek tili, internet-jargon, nutq madaniyati, til siyosati.Abstract
Zаmonаviy rаqаmli kommunikаtsiyа vositаlаri — ijtimoiy tаrmoqlаr, messenjerlar va onlayn platformаlаr o‘zbek tilining yozmа va og‘zаki nutq madaniyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda, natijada imlo qoidalarining buzilishi, lotin-kirill alifbosi aralashuvi va internet-jargonlarning tilga faol kirib kelishi kuzatilmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi — raqamli muloqot sharoitida o‘zbek tili imlosi va nutq madaniyatida yuzaga kelayotgan asosiy muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida ijtimoiy tarmoqlardagi matnlarni kuzatish, qiyosiy-tahliliy metod hamda kontent-tahlil usullaridan foydalanildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, yoshlar orasida imlo xatolari, qisqartmalar va chet tili so‘zlarining o‘rinsiz qo‘llanilishi keng tarqalgan bo‘lib, bu holat ta’lim tizimida raqamli savodxonlik va til madaniyatini oshirishga qaratilgan maxsus dasturlar joriy etilishini taqozo etadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, raqamli makonda o‘zbek tilining sofligini saqlash uchun til siyosati, ta’lim va ommaviy axborot vositalari darajasida kompleks yondashuv zarur.
References
1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (yangi tahrir). — Toshkent, 2023.
2.O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni
3.Urokov X.U. Internetda muloqot qilish usullari // Innovation: The Journal of Social Sciences and Researches. — 2023. — Vol. 1, Issue 4. — B. 40-45. https://doi.org/10.5281/zenodo.7510203
4.Mardonova M.B. Internet va ijtimoiy tarmoqlar tilining o‘ziga xos xususiyatlari // “PEDAGOGS” international research journal. — 2026. — Volume-100, Issue-1. — B. 240-242.
5.Ochilov M.M., Narzullayev O.O., Xolmatov O.A. Mashinali o‘qitish algoritmlari asosida o‘zbek tili matnlaridagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatish // Raqamli texnologiyalarning nazariy va amaliy masalalari xalqaro jurnali. — 2025. — 8(1). — B. 85-94. https://doi.org/10.62132/ijdt.v8i1.235
6.Latipova D.A., Nuraliyeva S.H. Til va madaniyat // Central Asian Journal of Academic Research. — 2025. — Volume 3, Issue 04, Part 3. — B. 53-55. https://doi.org/10.5281/zenodo.15322801