HUDUDIY EKOLOGIK DASTURLARNI ISHLAB CHIQISH VA AMALGA OSHIRISH MEXANIZMLARI.

Authors

  • Baxromova Muxlisa Toshkent davlat yuridik universiteti Magistranti

Keywords:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi

Abstract

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida ekologik siyosat qaysidir ma’noda davlat boshqaruvi tizimining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani hech kimga sir emas. Ekologiyani muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishidagi qarashlar tobora hududiy darajada takomillashib bormoqda. Bu jarayonda mahalliy davlat hokimiyati organlari tashabbuslari, ularning ekologik dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishda alohida muhim rol o‘ynamoqda. Barqaror rivojlanishning markazida, albatta, mavjud resurslardan samarali foydalanish yotadi. Iqtisodiy tizimning rivojlanishi esa, oʻz navbatida, yuqori darajadagi resurslarni talab qiladi, bu esa ekotizim barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Shu sababli, umumiy barqaror rivojlanishni oʻrganish iqtisodiy va ekologik tizimlarning oʻzaro bogʻliqligini alohida koʻrib chiqish lozim. Bunda hududiy ekologik dasturlar ajralmas qism hisoblanadi. Hududiy ekologik dasturlar bu birorta viloyat, tuman yoki shahar ichida ekologik vaziyatni yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish, suv va havoning sifatini nazorat qilish kabi yo‘nalishlarda umumlashtirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan strategik hujjatlar hisoblanadi. Bunday dasturlar milliy ekologik siyosatning mahalliy ifodasi bo‘lib, Markaziy ijro organlari tomonidan belgilab qo‘yilgan muhim vazifalarni mahalliy sharoitga moslashtirishga yordam beradi.

References

1.Raxmonazarov P. Y. Hududiy iqtisodiy-ekologik tizim tavsifi va uning barqarorligi // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2021. – № 1(10). – B. 743.

2.Gulinargiz X. O‘zbekiston ekologik siyosatining rivojlanish yo‘nalishlari // Tanqidiy tahlil va uning istiqbollari (Phoenix Publication). – 2025. – B. 72.

3.Esonaliyev I. Z. va boshq. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari // Ustozlar uchun (pedagoglar.org). – 2026. – № 91 (mart). – B. 91.

4.Po‘latov B. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi rasmiy portali. – 2024. – B. 1.

5.Tulahodjaeva M., Khodjaeva M. Ekologik audit: jahon tajribasi va O‘zbekistondagi amaliyot // Business and Administration (BAL). – 2024. – № 2. – B. 2.

6.Mahmudov B. H. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash milliy xavfsizlikni ta’minlashning tarkibiy vositasi sifatida // Yangi O‘zbekiston ilmiy tadqiqotlar jurnali. – 2024. – № 1(12). – B. 161.

Kudratov G. D. Ekologik madaniyat yashil iqtisodiyot va O‘zbekistondagi barqaror tadbirkorlikni rivojlantirish asosi sifatida // Tadqiqotlar jurnali. – B. 5

Downloads

Published

2026-08-31

Conference Proceedings Volume

Section

Articles

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.