MOLIYAVIY NAZORATNING TURLARI, SHAKLLARI VA USULLARI TAHLILI
Abstract
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya tizimini barqarorlashtirish va davlat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashda moliyaviy nazorat obyektiv zaruriyat sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida moliya tizimini isloh qilishning yangi bosqichi belgilab berildi. Xususan, davlat rahbari ta’kidlaganidek, bugungi kunda nazorat tizimi faqat kamchilikni aniqlash emas, balki “Davlat budjeti xarajatlari samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini fuqarolarga xizmat qilishga yo‘naltirish tamoyili asosida transformatsiya qilish” vazifasini bajarishi lozim. Prezidentning 2024-yil 10-iyundagi PF-100-sonli Farmonida alohida qayd etilganidek, budjet mablag‘laridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirishda “ichki audit tizimini takomillashtirish hamda jamoatchilik ishtiroki va nazoratini kengaytirish” asosiy ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.[1] Ushbu zamonaviy yondashuv nazorat organlari faoliyatini jazolashdan profilaktika, raqamlashtirish va masofaviy audit orqali natijadorlikni ta’minlashga yo‘naltiradi.
References
1.Saparov, Elmurod Donabayevich. "Davlat moliyasini nazorat qilishni takomillashtirish yo‘llari." Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar (Economics and Innovative Technologies) 13, no. 3 (2025): 109-115. https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/746/779
2.Nuritdinova, V.Sh. va M.A. Sharapova. Moliyaviy nazorat: Darslik. Toshkent: «Iqtisod-Moliya», 2019. https://ziyonet.uz
3.O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi. Toshkent: Lex.uz. https://lex.uz/docs/-2304138
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli «Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni. Toshkent: Lex.uz. https://lex.uz/docs/-5600100
5.ZiyoNET axborot-ta’lim portali. Moliyaviy nazorat mavzusidagi uslubiy materiallar to‘plami. https://ziyonet.uz