JIZZAX UEZDINING MA’MURIY TUZILISHI VA AHOLINING ETNIK TARKIBI
Keywords:
Jizzax uezdining ma’muriy tarkibi va aholi joylashuvida o’troq dehqonchilik, yarim ko’chmanchi chorvachilik, tog’ oldi qishloqlari, yaylov hududlari va savdo-yo’l tarmoqlari o’zaro bog’liq holda namoyon bo’ladi.Abstract
Jizzax uezdining ma’muriy-hududiy tuzilishi va aholi tarkibini o’rganish XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston o’lkasida kechgan mustamlakaviy boshqaruv, demografik o’zgarishlar va etnik joylashuv jarayonlarini anglashda muhim ilmiy ahamiyatga ega. Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston hududlarining bosib olinishi natijasida Jizzax vohasi avvalgi Buxoro amirligi bilan bog’liq siyosiy-ma’muriy muhitdan ajralib, imperiya boshqaruv tizimi tarkibiga kiritildi. Bu jarayon hududning faqat rasmiy maqomini o’zgartiribgina qolmadi, balki uezd, uchastka, volost, qishloq va ovul kabi ma’muriy birliklar orqali aholi, er-suv resurslari, soliq majburiyatlari hamda xo’jalik turmushini nazorat qilishning yangi mexanizmlarini yuzaga keltirgan.
References
1.Временное положение об управлении в Туркестанском крае. – СПб., 1867. – С.6.
2.Обзор Самаркандской области за 1895 год. – Самарканд, 1896. – С. 43-48.
3.Обзор Самаркандской области за 1895 год...– С. 48-51.
4.Обзор Самаркандской области за 1895 год...– С. 48-51.
5.Список населённых мест Самаркандской области. По сведениям 1904 и 1905 гг. / сост. М.М. Вирский. – Самарканд: Типо-литография “Труд”, 1906. – С. 37-51.
6.Первая всеобщая перепись населения Российской империи 1897 г. Т. LXXXIII: Самаркандская область / под ред. Н.А. Тройницкого. – СПб., 1905. – С. 1-12.
7.Первая всеобщая перепись населения Российской империи 1897 г. Т. LXXXIII: Самаркандская область. – СПб., 1905. – С. 86-91.
8.Первая всеобщая перепись населения Российской империи 1897 г. Т. LXXXIII: Самаркандская область. – СПб., 1905. – С. 118-123.
9.Положение об управлении Туркестанского края. – СПб., 1886. – С. 1-4.
10.Положение об управлении Туркестанского края. – СПб., 1886. – Ст. 61. – С. 18-19.