“NIKOHDAN AJRATISH JARAYONIDA MEDIATSIYA: YARASHUV, KELISHUV VA MANFAATLAR MUVOZANATINI TA’MINLASH MASALALARI”
Keywords:
O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to’g’risida”gi qonuniga ko‘ra, mediatsiya jarayonida ishtirokchilarning o‘zaro kelishuvi va rossiligini asosiy mezon etib olish lozim. Bundan tashqari, har bir taraf mediatsiya jarayonida mediatorni tanlash, shuningdek istalgan bosqichda ishtirokdan voz kechish huquqiga ega.Abstract
Mediatsiya bugungi kunda nizolarni sudgacha yoki suddan tashqari tartibda hal etishning muhim usullaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Mediatsiya taraflarning o‘zaro ixtiyoriy kelishuviga asoslangan holda, xolis va mustaqil mediator yordamida nizoni muzokara yo‘li bilan hal qilishga qaratilgan jarayondir. Uning asosiy xususiyati shundaki, nizoning yechimi taraflarga tayyor holda taqdim etilmaydi, balki ular o‘z manfaatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘zaro maqbul kelishuvga erishadilar. Mediatsiya jarayonida ixtiyoriylik, maxfiylik, hamkorlik va taraflarning teng huquqliligi muhim tamoyillar sifatida namoyon bo‘ladi.