1916-YILGI JIZZAX QO‘ZG‘OLONIGA OID TARIXIY MANBALAR VA ULARNING TARIXSHUNOSLIKDAGI O‘RNI
Keywords:
Jizzax qo‘zg‘oloni, 1916-yil, tarixiy manbalar, tarixshunoslik, Rossiya imperiyasi, Turkiston, arxiv hujjatlari, mustamlakachilik siyosati, qo‘zg‘olon sabablari, tarixiy xotira.Abstract
Mazkur maqolada 1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘olonini yorituvchi tarixiy manbalar, ularning mazmuni va tarixshunoslikdagi ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda Rossiya imperiyasi davrida yaratilgan rasmiy hujjatlar, ma’muriy yozishmalar, harbiy ma’lumotlar, statistik materiallar, matbuot xabarlari hamda keyingi davr tarixchilarining ilmiy asarlariga alohida e’tibor qaratiladi. Manbalarni qiyosiy tahlil qilish orqali qo‘zg‘olonning sabablari, rivojlanish jarayoni, ishtirokchilar tarkibi va chor hukumatining jazolash siyosatini xolisroq yoritish imkoniyatlari ko‘rsatiladi. Shuningdek, sovet tarixshunosligidagi mafkuraviy yondashuvlar va mustaqillik davrida shakllangan yangi ilmiy qarashlar o‘zaro taqqoslanadi. Jizzax voqealarini zamonaviy tarixiy-metodologik mezonlar asosida o‘rganishning dolzarbligi asoslanadi.
References
1. Safarov N. Unutilmas kun (1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘olonidan xotiralarim). — Toshkent–Boku, 2002. — 85-bet.
2. Haydarov X. Jizzax tarixidan lavhalar. — Toshkent, 2012. — 91-bet.
3. Ziyayeva D. Turkiston milliy ozodlik harakati. — Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2000. — 6-bet.
4. Ziyoyev H. Turkistonda mustaqillik uchun kurashlar tarixi. — Toshkent, 2001. — 78-bet.
5. Choriyev Z. Turkiston mardikorlari: safarbarlik va uning oqibatlari (1916–1917). — Toshkent, 2009. — 45-bet.
6. O‘zbekistonning yangi tarixi. 1-kitob: Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. — Toshkent, 2000.