TURLI SUG‘ORISH TARTIBLARI VA MINERAL O‘G‘IT ME’YORLARINING PAXTA HOSILIGA TA’SIRI
Keywords:
suvni tejash, tomchilatib sug‘orish, egatlab sug‘orish, mineral o‘g‘itlar, NPK, g‘o‘za, hosildorlik, sug‘orish me’yori, suv resurslari, agrotexnologiya.Abstract
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan samarali foydalanish, tomchilatib sug‘orish texnologiyasining ahamiyati hamda mineral o‘g‘it me’yorlarining g‘o‘za hosildorligiga ta’siri o‘rganilgan. Jahon miqyosida suvni tejovchi sug‘orish texnologiyalarining qo‘llanilish holati va ularning ekinlar hosildorligiga ta’siri bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar tahlil qilingan. Shuningdek, egatlab sug‘orish va tomchilatib sug‘orish texnologiyalarining taqqoslanishi asosida suv sarfi, o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi va paxta hosildorligi ko‘rsatkichlari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi egatlab sug‘orishga nisbatan suv sarfini deyarli 2 barobar kamaytirishi hamda hosildorlikni sezilarli darajada oshirishi aniqlangan. Mineral o‘g‘itlarning optimal me’yorlarini qo‘llash esa hosil miqdori va sifati yaxshilanishiga olib kelishi qayd etilgan.
References
1. Dala tajribalari o‘tkazish uslublari. O‘z PITI, Toshkent, 2007 y.,-b. 1-141.
2. Mamasharipov D., Dadajonov S. Innovatsion va tejamkor texnalogiyalar-hosildorlik omili. // O‘zbekiston Qishloq va Suv xo‘jaligi jurnali. – Toshkent, №7. –B. 16.
3. Xudoyorov. A. Tomchilatib sug‘orish mablag‘ni tejaydi. //Agro Hydro news jurnali. –Toshkent, 2019. №10. -B.10.