INFORMATIKA DARSLARINI GAMIFIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TASHKIL ETISH
Keywords:
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish va o‘quvchilarning zamonaviy kompetensiyalarini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanmoqda.Abstract
Zamonaviy ta’lim jarayonida an’anaviy tushuntirish, mashq bajarish va nazorat qilish usullari o‘quvchilarning barcha bilish ehtiyojlarini to‘liq qondira olmaydi. Bugungi o‘quvchilar raqamli muhitda ulg‘aymoqda, ular uchun interaktivlik, tezkor natija, vizual muhit, raqobat, rag‘bat, darajalar bo‘yicha rivojlanish, topshiriqni mustaqil tanlash va o‘z yutug‘ini ko‘rish kabi omillar katta motivatsion ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Informatika darslarini gamifikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etish o‘quvchilarning fanga qiziqishini oshirish, mustaqil ishlashga undash, algoritmik tafakkurini rivojlantirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashning samarali metodik yo‘nalishi sifatida qaralmoqda.