XURSHID DAVRONNING “SHAHIDLAR SHOHI” QISSASIDA XRONOTOPNING BADIIY-POETIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
Xurshid Davron, “Shahidlar shohi”, Najmiddin Kubro, xronotop, tarixiy qissa, Gurganch, karvon yo‘li, xonaqo, oneirik xronotop, sakral makon, tasavvufiy poetika.Abstract
Ushbu maqolada Xurshid Davronning “Shahidlar shohi” tarixiy-ma’rifiy qissasida xronotopning badiiy-poetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Asarda tarixiy voqelik, makon va zamon munosabati, Najmiddin Kubro obrazining ruhiy-ma’rifiy kamolot yo‘li bilan bog‘liq holda ochilishi o‘rganiladi. Qissadagi karvon yo‘li, Gurganch, xonaqo, tush makoni kabi badiiy birliklar xronotopik qatlam sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, tarixiy-inqiroz xronotopi, suluk xronotopi, kontrast xronotop, oneirik xronotop va sakral makon kabi shakllarning asar kompozitsiyasidagi vazifasi yoritiladi.
References
1.Baxtin M.M. Voprosы literaturы i estetiki. – Moskva: Xudojestvennaya literatura, 1975.
2.Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2018.
3.Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: Akademnashr, 2013.
4.Davron X. Shahidlar shohi. Tarixiy-ma’rifiy qissa. – Toshkent: Sharq, 1998.
5.Shayx Najmiddin Kubro. Tasavvufiy hayot. Tarjima va nashrga tayyorlovchilar: Ibrohim Haqqul, Aziza Bektosh. – Toshkent: Movarounnahr, 2004.
6.Navoiy A. Nasoyim ul-muhabbat. Mukammal asarlar to‘plami. 17-jild. – Toshkent: Fan, 2001.
7.Haqqul I. Tasavvuf va she’riyat. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991.
8.Jo‘rayev M. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida mifologik obrazlar. – Toshkent: Fan, 2005.
9.Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‘zbek nasri. – Toshkent: Fan, 2007.