O‘ZBEK MUMTOZ LIRIKASIDA RANG VA MAKONNING POETIK-SEMANTIK MUNOSABATI
Keywords:
mumtoz lirika, rang, makon, poetik semantika, rang timsoli, badiiy makon, ramz, timsol, xronotop, tasavvufiy semantika.Abstract
Mazkur tezisda o‘zbek mumtoz lirikasida rang va makon kategoriyalarining o‘zaro poetik-semantik munosabati tadqiq etiladi. Shu bilan birgalikda asosan Alisher Navoiy, Bobur va keying davr namondalari ijodida kolorativ leksema va badiiy – semantik maydon o’rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Rangning ramziy-semantik qatlamlari qizil – ishq/ilohiy, sariq – hijron/xastalik, yashil – hayot/yangilanish, qora – go‘zallik/fojia, oq – poklik ma’nosida, makon obrazlari bog‘/gulshan, sahro, jannat/do‘zax, Ka’ba, ko‘ngul makoni bilan qanday o‘zaro ta’sirda bo‘lishi, lirik qahramonning ruhiy holatini va tasavvufiy-ma’naviy g‘oyalarni qanday ifodalashi ochib beriladi. Tadqiqot Yo. Is’hoqov, A. Hayitmetov, S. O‘tanova va boshqa navoiyshunoslar ishlari, shuningdek rang va makon poetikasiga oid zamonaviy tadqiqotlarga asoslangan. Natijada rang-makon munosabati mumtoz lirikada mustaqil poetik tizim sifatida shakllanganligi, u orqali majoziy va haqiqiy ishq, ruhiy kamolot va kosmik uyg‘unlik g‘oyalari chuqurlashgani asoslanadi.
References
1.Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy. 20 jildlik mukammal asarlar to‘plami. 3–6-jildlar. – Toshkent: Fan.
2.Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. – Toshkent: Tamaddun, 2019. – 520 b.
3.Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: Akademnashr, 2013. – 408 b.
4.Jo‘raqulov U. Nazariy poetika masalalari. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015. Baxtin M.M.