O‘N IKKI BARMOQLI ICHAK YARASI VA ICHAK DISBIOZIDA MAGNITOTERAPIYANING SAMARADORLIGI
Keywords:
Helicobacter pylori, o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, disbioz, magnitoterapiya, Ganoderma lucidum, probiotik, immunitet, mikrobiotsenoz.Abstract
Ushbu ilmiy tezisda Helicobacter pylori bilan bog‘liq o‘n ikki barmoqli ichak yarasi (O‘BIIY) va ichak disbiozi bilan kechuvchi bemorlarda magnitoterapiya hamda Ganoderma lucidum ekstrakti asosidagi kompleks davolash usullarining samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqot davomida klinik simptomatika, ichak mikrobiotsenozi, immunologik ko‘rsatkichlar va bemorlarning hayot sifati baholandi. Kompleks terapiya qo‘llangan guruhlarda bifido- va laktobakteriyalar miqdorining ortishi, patogen mikroorganizmlar sonining kamayishi, immun tizimi faoliyatining normallashuvi hamda klinik simptomlarning regressiyasi kuzatildi. Tadqiqot natijalari magnitoterapiya va Ganoderma lucidum ekstraktining disbiozni korreksiya qilish hamda gastroenterologik kasalliklarda kompleks terapiya samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
References
1.Soll A.H. Peptic ulcer and its complications // Sleisenger and Fordtran's Gastrointestinal and Liver Disease. - Philadelphia-Londom-Toronto-Montreal-Sydney-Tokyo,2018. - Vol.1. - P. 620-678
2.Stereo-selective metabolism of omeprazole by human cytochrome P450 enzymes / A. Abelo, T.B. Andersson, M. Antonsson et al // Drug. Metab. Dispos.-2020. -Vol. 28.- № 8. P. 966-972
3.Successful H.pylori eradication incorporating a one-week antibiotic regimen/ N. Hudson, WG. Brydon, MA. Eastwood et al.// Aliment. Pharmacol. Ther. - 2015. - №9. - P. 47-50.
4.Suzuki S., Esaki M., Kusano C., et al. Vonoprazan-based triple therapy vs PPI-based triple as first-line: Randomized trials in Japan // Gut. – 2017. – Vol. 66. – № 9. – P. 1724–1732.
5.Talley N.J., Lenables V.T., Green J.R. et al Esomeprazole 40 mg and 20 mg is efficacious in the long-term management of patients with endoscopy-negative gastro-oesophageal reflux disease: a placebo-controlled trial of on-demand therapy for 6 months / // Eur. J. Gastroenterol. Hepatol.-2012.- Vol. 14.- № 8.- P. 857-863