SUBKLINIK GIPOTIREOZDA ICHAK MIKROBIOTASI O‘ZGARISHLARINING TIREOID VA METABOLIK GOMEOSTAZ BILAN BOG‘LIQLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: subklinik gipotireoz, ichak mikrobiotasi, TTG, erkin T4, qisqa zanjirli yog‘ kislotalari, metabolik gomeostaz, disbioz.Abstract
Dolzarbligi. Subklinik gipotireoz qalqonsimon bez funksiyasining erkin tiroksin darajasi me’yor chegarasida saqlangan holda tireotrop gormon miqdorining oshishi bilan tavsiflanadigan endokrin holat hisoblanadi. So‘nggi yillarda tireoid disfunksiya patogenezida ichak mikrobiotasining roliga qiziqish ortib bormoqda. Ichak mikroorganizmlari qisqa zanjirli yog‘ kislotalari, vitaminlar, o‘t kislotalari metabolitlari va boshqa biologik faol birikmalar hosil qilib, immun, endokrin hamda metabolik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.