«ONAMNING KASHTALARI» ONA XOTIRASIGA BAG‘ISHLANGAN BADIIY-QISSADAN
Keywords:
Oppoq matoning bir burchagida chiroyli gul boshlangan, ammo uning oxirgi yaproqlari tikilmay qolgan edi.Abstract
Ba’zi insonlar hayotimizdan ketadi, ammo ularning mehri, ovozi, hidlari va qo‘l izlari qalbimizda bir umr qoladi.
Men uchun shunday inson — onam.
Bugun uyimizga kirsam, hamma narsa o‘z joyida. Devorlar o‘sha, derazalar o‘sha, hovlimiz ham avvalgidek. Ammo nimadir yetishmaydi: uyimizning fayzi, ko‘nglimizning quyoshi bo‘lgan onam yo‘q...
Onamdan menga bir nechta ro‘mol, bir dasta rangli iplar, igna va tugallanmagan kashtalar qoldi.
O‘sha ro‘mollarni sandiqdan olib, yuzimga bosaman. Go‘yo onamning hidlari hali ham unda saqlanib qolgandek. Ko‘zlarimga yosh keladi.
Eh, onajonim... Qaniydi, bir marta bo‘lsa ham o‘sha ro‘molni boshingizga o‘rab, oldimga chiqib kelsangiz...