INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA “OILA” KONSEPTUAL MAYDONINING KOGNITIV-STRUKTURAL TASHKIL ETILISHI: YADROVIY VA PERIFERIK SATHLAR TAHLILI
Keywords:
konseptual maydon,Abstract
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi “Oila” konseptual maydonining kognitiv-struktural tashkil etilishi chog‘ishtirma-qiyosiy va kognitiv tilshunoslik prizmasi orqali tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi har ikki til egalarining mental-lingvistik tasavvurida “Oila” konseptining uch bosqichli modelini — yadro (nucleus), perinuklear zona hamda periferik sathini belgilash va ularning milliy-madaniyatga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Ishda leksikografik, komponentli va lingvokulturologik tahlil usullaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, har ikki tilda yadroviy sath bir xil leksik-semantik asosga ega bo‘lsada, perinuklear va periferik zonalar (paremiyalar, frazeologizmlar va metaforalar) darajasida milliy qadriyatlar, ijtimoiy tuzilma va madaniyatlararo tafovutlar yorqin namoyon bo‘ladi. Tadqiqot xulosalari kognitiv tilshunoslik, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik sohasi uchun amaliy ahamiyatga ega.
References
1.Trier J. Der deutsche Wortschatz im Sinnbezirk des Verstandes: Die Geschichte eines sprachlichen Feldes. – Heidelberg: Carl Winter, 1931. – S. 1–26.
2.Попова З.Д., Стернин И.А. Когнитивная лингвистика.– С. 38–39.
3.Карасик В.И. Языковой круг: личность, концепты, дискурс.– С. 107–116.
4. Langacker R.W. Foundations of Cognitive Grammar. Vol. I.– P. 11–12, 76–86.
5. Попова З.Д., Стернин И.А. Когнитивная лингвистика.– С. 38–39, 66–71.
6. Кубрякова Е.С. Язык и знание: На пути получения знаний о языке. – М.: Языки славянской культуры, 2004. – С. 303–316.
7.Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik.– B. 34–52; Xudoyberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi. Ko‘rsatilgan manba. – B. 39–47.
8.Телия В.Н. Русская фразеология.– С. 214–237.
9. Пермяков Г.Л. Основы структурной паремиологии.– С. 11–33.
10. Lyons J. Semantics. Vol. I. – Cambridge: Cambridge University Press, 1977. – P. 270–317; Cruse D.A. Lexical Semantics. – Cambridge: Cambridge University Press, 1986. – P. 84–264.