FICUS CARICA L. MEVASINING KOMPLEKS KIMYOVIY PROFILINI SHAKLLANTIRISH: O‘RGANILGANLIK HOLATI, ILMIY BO‘SHLIQLAR VA ISTIQBOLLI TADQIQOT YO‘NALISHLARI

Authors

  • Tolibjonov Isroiljon Ismoiljon o’g’li Andijon davlat universitet

Keywords:

Ficus carica L. Meva, vitamin, xromatografiya, antioksidant, pigment, fitokimyo.

Abstract

Dorivor va oziq-ovqat o‘simliklarining kimyoviy tarkibini kompleks o‘rganish, biologik faol birikmalarni identifikatsiyalash hamda ularning tarkib–faollik qonuniyatlarini aniqlash zamonaviy fitokimyo, bioorganik kimyo va nutratsevtikaning muhim ilmiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, mahalliy agroiqlim sharoitida yetishtiriladigan o‘simliklarning metabolit tarkibini zamonaviy instrumental tahlil usullari asosida tadqiq etish ularning biologik qiymatini baholash, istiqbolli kimyoviy markerlarni aniqlash hamda standartlashtirilgan o‘simlik xomashyosini shakllantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Avvalgi tadqiqotlarda mahalliy sariq anjir mevasining ayrim muhim biologik faol komponentlarini aniqlashga e’tibor qaratilgan. Xususan, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi yordamida suvda eruvchan vitaminlarning sifat va miqdoriy tarkibi o‘rganilib, B1, B2, B3, B6, B9 va C vitaminlari aniqlangan. Shuningdek, gall kislota, rutin, apigenin, salitsil kislota va kversetin kabi fenol va flavonoid tabiatli birikmalarning miqdoriy ko‘rsatkichlari belgilangan. Ushbu natijalar mahalliy anjir mevasining biologik faol moddalarga boy xomashyo ekanligini tavsiflash uchun muhim eksperimental asos yaratgan.

References

1. Barolo M.I., Mostacero N.R., López S.N. Ficus carica L. (Moraceae): An ancient source of food and health // Food Chemistry. – 2014. – Vol. 164. – P. 119–127.

2. Mawa S., Husain K., Jantan I. Ficus carica L. (Moraceae): Phytochemistry, traditional uses and biological activities // Evidence-Based Complementary and Alternative Medicine. – 2013. – Vol. 2013. – Article ID 974256.

3. Vallejo F., Marín J.G., Tomás-Barberán F.A. Phenolic compound content of fresh and dried figs (Ficus carica L.) // Food Chemistry. – 2012. – Vol. 130, No. 3. – P. 485–492.

4. Veberic R., Colaric M., Stampar F. Phenolic acids and flavonoids of fig fruit (Ficus carica L.) in the northern Mediterranean region // Food Chemistry. – 2008. – Vol. 106, No. 1. – P. 153–157.

Downloads

Published

2026-10-15

Conference Proceedings Volume

Section

Articles

Similar Articles

1 2 3 4 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.