SEMIZLIK BILAN KECHUVCHI YURAK ISHEMIK KASALLIGIDA KORONAR ANGIOGRAFIYANING PROGNOSTIK AHAMIYATI
Keywords:
Semizlik bilan kechuvchi YIKda koronar KT-angiografiya yordamida aniqlanadigan aterosklerotik o‘zgarishlarning prognostik ahamiyati va klinik xavfni baholashdagi o‘rnini yoritish.Abstract
Semizlik yurak ishemik kasalligi (YIK) rivojlanishiga ta’sir qiluvchi muhim omillardan biridir. Ayniqsa, visseral yog‘ to‘qimasining ortishi insulinrezistentlik, lipid almashinuvining buzilishi va surunkali past darajali yallig‘lanish orqali koronar ateroskleroz rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Biroq tana vazni yoki tana massasi indeksining o‘zi koronar zararlanish darajasi va kelajakdagi yurak-qon tomir hodisalari xavfini to‘liq ifodalamaydi. Koronar kompyuter tomografik angiografiya (KT-angiografiya) tomirlarning torayish darajasi, aterosklerotik pilakchalarning tarqalishi va tarkibini baholash orqali prognozni aniqlashtirish imkonini beradi [1, 2].
References
1.Koskinas K.C., Van Craenenbroeck E.M., Antoniades C. et al. Obesity and cardiovascular disease: an ESC clinical consensus statement. European Heart Journal. 2024;45(38):4063–4098. doi:10.1093/eurheartj/ehae508.
2.Vrints C., Andreotti F., Koskinas K.C. et al. 2024 ESC Guidelines for the management of chronic coronary syndromes. European Heart Journal. 2024;45(36):3415–3537. doi:10.1093/eurheartj/ehae177.
3.Williams M.C., Kwiecinski J., Doris M. et al. Low-Attenuation Noncalcified Plaque on Coronary Computed Tomography Angiography Predicts Myocardial Infarction: Results From the Multicenter SCOT-HEART Trial (Scottish Computed Tomography of the HEART). Circulation. 2020;141(18):1452–1462. doi:10.1161/CIRCULATIONAHA.119.044720.
4.Lowenstern A., Ng N., Takagi H. et al. Influence of Obesity on Coronary Artery Disease and Clinical Outcomes in the ADVANCE Registry. Circulation: Cardiovascular Imaging. 2023;16(5). doi:10.1161/CIRCIMAGING.122.014850.