TIBBIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA KLINIK FIKRLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
Keywords:
klinik fikrlash, tibbiy ta’lim, kompetensiya, case-based learning, problem-based learning, simulyatsion ta’lim, OSCE, differensial tashxis, klinik algoritmAbstract
Ushbu ishda tibbiy ta’lim muassasalari talabalarida klinik fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari tahlil qilindi. Klinik fikrlash – bu klinik ma’lumotlarni tahlil qilish, simptomlarni tizimlashtirish, differensial tashxis qo‘yish va asoslangan qaror qabul qilish qobiliyati ekani asoslab berildi.
Tadqiqotda case-based learning, problem-based learning (PBL), simulyatsion ta’lim va OSCE baholash tizimining samaradorligi ko‘rsatildi. Integrativ yondashuv orqali kognitiv, amaliy va kommunikativ komponentlarni uyg‘un rivojlantirish talabalarning klinik kompetentligini oshirishi ta’kidlandi.
Xulosa sifatida, klinik fikrlashni shakllantirishda muammoli ta’lim, klinik algoritmlashtirish va simulyatsion mashg‘ulotlarni tizimli joriy etish tibbiy ta’lim sifatini oshirishning asosiy sharti ekani belgilandi.
References
1.Harden R.M.. Outcome-based education: the future is today. // Medical Teacher. — 2007.
2.Barrows H.S.. Problem-based learning in medicine and beyond. — New York: Springer, 1980.
3.World Federation for Medical Education. Global Standards for Quality Improvement in Medical Education. — 2020.
4.Epstein R.M., Hundert E.M.. Defining and assessing professional competence. // JAMA. — 2002.
5.Rosenbaum M.E.. Clinical reasoning and medical education. // Academic Medicine. — 2017.
6.Osnovi meditsinskogo obrazovaniya / Pod red. N.V. Kudryavoy. — M.: GEOTAR-Media, 2019.
7.Association for Medical Education in Europe. AMEE Guide No. 14: Outcome-based education. — Dundee, 2018.
8.Miller G.E.. The assessment of clinical skills/competence/performance. // Academic Medicine. — 1990.