KUNGABOQARNI F4 DURAGAY OILALARDA MOYDORLIK BELGIСINING VARIATSION TAHLILI
Keywords:
Kungaboqar seleksiyasi yo‘nalishi bo‘yicha dunyoda ko‘pgina olimlar juda katta muvaffaqiyatlarga erishilgan, kungaboqar o‘simligini tubdan o‘zgartirib serhosil, yuqori moydor va boshqa kimmatli xo‘jalik belgilar hamda xususiyatlarga ega yangi navlar yaratgan. Bu navlar asosida kungaboqarning ekin maydoni jahonda kengayib o‘sib bormoqda.Abstract
Kirish: Ma’lumki, kungaboqar navlari urug‘ning kattaligiga, moyning miqdoriga va mag‘izining chiqishiga ko‘ra quyidagi 3 ta kenja turlarga bo‘linadi. Chaqiladigan kungaboqar poyasi yo‘g‘on, balandligi 4 metrgacha, bargi va savati yirik, diametri 45 santimetrgacha. Pistasi uzun 11-23 millimetr, eni 7,5-12 millimetr. Mag‘zi pistasining yarimini egallaydi. 1000 ta donasining vazni 100-170 gramm bo‘ladi. Moyli kungaboqar poya balandligi 1,5-2,5 metr, shoxlanadi, savatlar soni ko‘p bo‘ladi. Savatning diametri 14-20 santimetr. Pista uzunligi 7-13 millimetr, yeni 4-7 millimetr. Mag‘zi pistani butunlay egallaydi. Po‘chog‘i 40-43 foiz bo‘ladi. 1000 ta donasining vazni 35-80 gramm. Oraliq kungaboqar bu yuqorida bayon etilgan kenja turlarning o‘rtasida oraliq o‘rinni egallaydi. Ba’zi belgilari balandligi, bargining va savatining yirikligi, shakli bo‘yicha chaqiladigan turiga yaqin hisoblanadi. Ayrim belgilari bilan pistaning maydaligi, to‘liqligi bo‘yicha moyli kungaboqarga yaqinlashadi. Bu turi ishlab chiqarishda ekilmaydi.
References
1. Abdukarimov D.T. Lukov M.K, Lukova I. «Kungaboqar seleksiyasida nav va namunalash va geterozisdan foydalanish» Moyli va tolali ekinlarni yetishtirish istiqbollari va ularning maxsuldorligini oshirish masalalari mavzusidagi Res ilm-amal anjumani ma’ruzalari asosidagi mak. to‘p. T.- 2013 yil. B. 73-75.
2.Amanova A., Holtoyev T., Rustamov A. Kungaboqarning istiqbolli tezpishar navlari. // O‘zbekiston q/x jurnali. № 4. 2005. B. 25-26.
3.Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. М.: “Агропромиздат”, 1985. С. 251.