TIJORAT BANKLARIDA XALQARO PUL O‘TKAZMALARINI RISK DARAJASI BO‘YICHA TASNIFLASHNI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: tijorat banki, xalqaro pul o‘tkazmasi, moliyaviy risk, risk darajasi, mijoz riski, geografik risk, tranzaksion risk, risklarni tasniflash, moliyaviy monitoring.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tezisda tijorat banklarida xalqaro pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq risklarni aniqlash, baholash va risk darajasi bo‘yicha tasniflash masalalari o‘rganilgan. Xalqaro pul o‘tkazmalarida mijoz, geografik, tranzaksion, to‘lov kanali hamda identifikatsion-axborot risklarini kompleks hisobga olish taklif etilgan. Risk omillarini 1 dan 5 gacha ball asosida baholash va ularning o‘rtacha ko‘rsatkichi orqali operatsiyalarni past, o‘rta, yuqori va juda yuqori risk guruhlariga ajratish metodikasi ishlab chiqilgan. Taklif etilgan yondashuv tijorat banklarida xalqaro pul o‘tkazmalarini sodda va tushunarli tarzda tasniflash hamda yuqori riskli operatsiyalarni o‘z vaqtida aniqlashga xizmat qiladi.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tijorat banklarida ichki nazorat qoidalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarori. Ro‘yxat raqami 2886-12. – 08.05.2026.
2.Islamova E.A., Lvova M.I. Управление финансовыми рисками коммерческих банков // Финансы и кредит: адаптация и тренды развития.
3.Porozov V.V. Исследование влияния факторов риска на финансовую устойчивость коммерческих банков. – Екатеринбург, 2022.
4.Malikova D.M. Tijorat banklari iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning ilmiy asoslarini takomillashtirish. – Toshkent, 2024.
5.Karimov M.A. Tijorat banklarida bozor risklarini baholash va boshqarishni takomillashtirish. – Toshkent, 2025.