TIJORAT BANKLARIDA MIJOZ KAPITALINI OSHIRISHDA RAQAMLI MARKETING XARAJATLARI SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Keywords:
tijorat banki, mijoz kapitali, raqamli marketing, bank mijozlari, marketing xarajatlari, mijoz faolligi, moliyaviy samaradorlik, raqamli bank xizmatlari.Abstract
Mazkur tezisda tijorat banklarida mijoz kapitalini shakllantirish va oshirish jarayonida raqamli marketing vositalarining o‘rni ko‘rib chiqilgan. Banklarning reklama, mobil ilovalar, shaxsiylashtirilgan takliflar, mijozlarni rag‘batlantirish va boshqa marketing tadbirlariga yo‘naltirayotgan mablag‘larini faqat yangi mijozlar soni bilan baholash yetarli emasligi asoslangan. Marketing xarajatlari natijasida mijozning bankdagi faolligi, foydalanayotgan mahsulotlari soni, tranzaksiyalari, bank bilan munosabat davomiyligi va bankka keltirayotgan daromadi qanday o‘zgarayotganini hisobga olish zarurligi ko‘rsatib berilgan. Raqamli marketing xarajatlarining moliyaviy samaradorligini mijoz kapitalining o‘sishi bilan bog‘liq holda baholash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
References
1.Gupta S., Lehmann D.R., Stuart J.A. Valuing Customers // Journal of Marketing Research. – 2004. – Vol. 41. – No. 1. – P. 7–18.
2.Rust R.T., Lemon K.N., Zeithaml V.A. Return on Marketing: Using Customer Equity to Focus Marketing Strategy // Journal of Marketing. – 2004. – Vol. 68. – No. 1. – P. 109–127.
3.Haenlein M., Kaplan A.M., Beeser A.J. A Model to Determine Customer Lifetime Value in a Retail Banking Context // European Management Journal. – 2007. – Vol. 25. – No. 3. – P. 221–234.
4.Ekinci Y., Uray N., Ülengin F. A Customer Lifetime Value Model for the Banking Industry: A Guide to Marketing Actions // European Journal of Marketing. – 2014. – Vol. 48. – No. 3/4. – P. 761–784.