BANKLAR O‘RTASIDA KYC MA’LUMOTLARINI XAVFSIZ ALMASHISH UCHUN BLOKCHEYN ASOSIDAGI KRIPTOGRAFIK RUXSATLARNI BOSHQARISH MODELI

Authors

  • Janxojaev Asqar Ayxoja uli Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, stajyor-o‘qituvchi.
  • Aralbaev Islam Abatbay ulı Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, magistratura talabasi.

Keywords:

blokcheyn, KYC, aqlli shartnoma, salted xesh, psevdonimlashtirish, kirishni boshqarish, Proof of Authority, shaxsga doir ma’lumotlar, bank xavfsizligi.

Abstract

Maqolada tijorat banklarida “Mijozingni bil” (KYC) tartib-taomillarini bajarishda bir mijoz hujjatlarining har bir bankda qayta yig‘ilishi va tekshirilishi natijasida yuzaga keladigan ortiqcha xarajatlar hamda shaxsga doir ma’lumotlarni banklararo uzatishdagi xavfsizlik muammolari tahlil qilingan. Muammoni hal etish uchun xususiy ruxsat etilgan (permissioned) blokcheyn, aqlli shartnoma, salted xeshlash, psevdonim identifikatorlar va ochiq kalitli shifrlashga asoslangan ma’lumot almashish modeli taklif etilgan. Modelda hujjatlar blokcheynda saqlanmaydi, zanjirda faqat mijoz bergan ruxsatlar va hujjatlarning salted xeshlari qayd etiladi. Adabiyotlarda keltirilgan eksperimental natijalar asosida modelning unumdorligi va iqtisodiy samaradorligi baholangan.

References

1.Norvill R. E. Blockchain Technology for Data Sharing in the Banking Sector: PhD dissertation. – University of Luxembourg, 2020.

2.Norvill R. et al. Blockchain for the Simplification and Automation of KYC Result Sharing // IEEE International Conference on Blockchain and Cryptocurrency (ICBC). – 2019. – P. 9–10.

3.Wood G. Ethereum: A Secure Decentralised Generalised Transaction Ledger. Yellow Paper. – 2014.

4.Regulation (EU) 2016/679 of the European Parliament and of the Council (General Data Protection Regulation). – 2016.

5.O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni. – 02.07.2019, O‘RQ-547-son.

Downloads

Published

2026-10-08

Conference Proceedings Volume

Section

Articles

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.