XORIJIY TALABALARGA OID MA’LUMOTLARNI BOSHQARISH AXBOROT TIZIMIGA QO‘YILADIGAN FUNKSIONAL TALABLAR VA DASTLABKI ARXITEKTURA
Keywords:
Oliy ta’limda axborot oqimlarini integratsiyalash bo‘yicha mahalliy tadqiqotlarda biznes-jarayonlarning BPMN modellari va ma’lumotlarni konsolidatsiya qilish modullari ishlab chiqilgan [2]. Ammo ular tizimga kiritilgan ma’lumotning harakatiga qaratilgan bo‘lib, ma’lumot to‘g‘riligini manbalararo tekshirish vazifasini qo‘ymagan. Mazkur tezisda aynan shu vazifani bajaruvchi tizim uchun talablar va dastlabki arxitektura bayon etiladi. Talablar ISO/IEC/IEEE 29148 standarti tamoyillariga [3] muvofiq shakllantirildi.Abstract
"Raqamli O‘zbekiston – 2030" strategiyasida ta’lim sohasidagi axborot tizimlarini rivojlantirish va ular o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvini ta’minlash muhim vazifa sifatida belgilangan [1]. Oliy ta’lim muassasalarida xorijiy talabalar bilan bog‘liq ma’lumotlar esa hanuz bir nechta bo‘linma tomonidan alohida yuritiladi: qabul komissiyasi, xalqaro bo‘lim, dekanat, yotoqxona, bitiruvchilar bilan ishlash bo‘limi. Ular o‘rtasida ma’lumotlarni solishtiruvchi mexanizm yo‘qligi sababli bir talaba haqida turli qiymatlar saqlanadi va qaysi biri to‘g‘ri ekanini aniqlash qo‘lda bajariladi.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son "«Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni.
2.Abdullaev A.I. Oliy ta’lim tizimida axborot oqimlarini boshqarishning integratsiyalashgan korporativ axborot tizimi va modellarini yaratish: texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent: TATU, 2024.
3.ISO/IEC/IEEE 29148:2018. Systems and software engineering — Life cycle processes — Requirements engineering. – Geneva: ISO, 2018.
4.ISO/IEC 25010:2023. Systems and software engineering — Systems and software Quality Requirements and Evaluation (SQuaRE) — Product quality model. – Geneva: ISO, 2023.
5.O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ-547-son "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonuni.
6.Dragoni N., Giallorenzo S., Lafuente A.L., Mazzara M., Montesi F., Mustafin R., Safina L. Microservices: Yesterday, today, and tomorrow // Present and Ulterior Software Engineering. – Cham: Springer, 2017. – P. 195–216.
7.Newman S. Building Microservices: Designing Fine-Grained Systems. 2nd ed. – Sebastopol: O’Reilly Media, 2021. – 612 p.
8.ISO/IEC 19510:2013. Information technology — Object Management Group Business Process Model and Notation. – Geneva: ISO, 2013.