QURUQ-ISSIQ IQLIMI SHAROITIDA BURUN POLIPOZI BOR BEMORLARDA FUNKTSIONAL ENDOSKOPIK SINUS XIRURGIYASIDAN (FESS) KEYINGI ALLERGOLOGIK MONITORING SAMARADORLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: surunkali polipoz rinosinusit, FESS, quruq-issiq iqlim, allergologik monitoring, eozinofiliya, retsidiv, IgE, Lund-Mackay.Abstract
Ushbu tezisda quruq va issiq iqlim mintaqalarida surunkali polipoz rinosinusit (SPRS) bilan kasallangan bemorlarda funksional endoskopik sinus xirurgiyasi (FESS) amaliyotidan so‘ng o‘tkazilgan dinamik allergologik monitoring natijalari tahlil qilinadi. Tadqiqot 2022–2025-yillarda FESS operatsiyasi bajarilgan 84 nafar bemor kuzatuvi asosida olib borilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, postoperatsion davrda doimiy allergologik nazorat (umumiy va spesifik IgE, eozinofiliya nazorati, intranazal kortikosteroidlar va allergen-spesifik immunoterapiya) olib borilgan guruhda 12 oylik retsidiv ko‘rsatkichi 11,9% ni tashkil etib, standart terapiya olgan nazorat guruhiga (33,3%) nisbatan statistik ishonchli darajada past bo‘ldi (p < 0,05).
References
1.Fokkens W. J., Lund V. J., Hopkins C. et al. European Position Paper on Rhinosinusitis and Nasal Polyps 2020 (EPOS2020). Rhinology, 2020. — Vol. 58(29). — P. 1–464.
2.Shamsiyev D. F., Vohidov U. N., Karimov O. M. Janubiy mintaqalar sharoitida yuqori nafas yo‘llari surunkali kasalliklarining kechish xususiyatlari. Tibbiyotda yangi kun, 2021. — № 3 (35). — B. 78–82.
3.Bachert C., Han J. K., Desrosiers M. et al. Efficacy and safety of dupilumab in patients with severe chronic rhinosinusitis with nasal polyps (LIBERTY NP SINUS-24 and LIBERTY NP SINUS-52). The Lancet, 2019. — Vol. 394(10209). — P. 1638–1650.
4.Lopatin A. S. Khronicheskiy rinosinusit: patogenez, diagnostika i printsipy lecheniya. Klinicheskaya farmakologiya i terapiya, 2018. — T. 27, № 2. — S. 45–51.
5.Toshtemirov A. E., Nurmuhamedov F. A. Quruq iqlim sharoitida rinosinusitlar postoperatsion reabilitatsiyasida mukozal gidratatsiyaning o‘rni. O‘zbekiston otorinolaringologiyasi jurnali, 2023. — № 1. — B. 34–38.