SURUNKALI MIYA ISHEMIYASIDA KOGNITIV BUZILISHLARNI DAVOLASHDA «DIAMAG» APPARATIDAN FOYDALANISHNING KLINIK AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: surunkali miya ishemiyasi, kognitiv buzilishlar, magnitoterapiya, Diamag, neyroreabilitatsiya.Abstract
Surunkali miya ishemiyasi (SMI) o‘rta va keksa yoshdagi bemorlarda uchraydigan kognitiv buzilishlarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib, dissirkulyator ensefalopatiya rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Kasallik patogenezida surunkali gipoperfuziya, oksidativ stress, neyromediator tizimlar faoliyatining buzilishi hamda neyroplastiklikning pasayishi muhim ahamiyatga ega. Ushbu o‘zgarishlar xotira, diqqat va ijro funksiyalarining susayishiga olib keladi. Zamonaviy farmakoterapiya usullarining rivojlanishiga qaramay, davolash samaradorligi yetarli darajada emasligi sababli yangi, jumladan, dori vositalarisiz davolash usullarini qo‘llash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Shunday istiqbolli yo‘nalishlardan biri past chastotali transkranial magnitoterapiya hisoblanadi.
References
1.Solovyova E.Yu. Surunkali miya ishemiyasida kognitiv buzilishlar // Consilium Medicum. – 2017.
2.Bragin A.I., Xramov K.K. Kompleks fizioterapiya uchun mobil qurilmani ishlab chiqish // Metody i ustroystva peredachi i obrabotki informatsii. – 2024. – №25. – B. 20–29.
3.Eroxin A.N., Dorovikova A.V. Past chastotali magnit maydonining bir martalik ta’sirining funksional samarasi. – 2022. – B. 96.
4.Zueva I.B. va hammualliflar. Magnitoterapiyaning kognitiv funksiyalar va emotsional holatga ta’siri // Vrach. – 2022. – T. 33, №4. – B. 68–72.
5.Karabaev J. A. Surunkali miya ishemiyasi bilan og'rigan bemorlarda siydik kislotasi darajasining bog'liqligi haqidagi ilmiy tushunchalar // Ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning dolzarb muammolari. – 2025. – 190-bet.
6.Koreshkina M.I. va hammualliflar. Migren bilan og‘rigan bemorlarda transkranial magnitoterapiyaning samaradorligi va xavfsizligi // Rossiyskiy jurnal boli. – 2022. – T. 20, №2. – B. 25–37.
7.Kudryavtsev A.E. Periferik neyropatiyali bemorlarni reabilitatsiya qilishda impulsli magnitoterapiya samaradorligi. – URL: https://nmicrk.ru
8.Parfyonov V.A. va hammualliflar. Surunkali miya ishemiyasi: DIAMANT tadqiqoti natijalari.
9.Toshcheva L. va hammualliflar. Ishemik insultda «Diamag» apparati yordamida magnitoterapiya qo‘llanilishi // Vrach. – 2019.
10.Toshcheva L. va hammualliflar. Diamag (Almag-03) apparatining past chastotali magnit maydonining insultning erta tiklanish davridagi terapevtik samarasi. – 2019. – B. 594–596.
11.Xikmatov M.N. Travmatik optik neyropatiyada magnit stimulyatsiyani qo‘llash // Integrative Dentistry and Maxillofacial Surgery. – 2022.
12.Xidoyatova D.N. Tranzitor ishemik xurujlarni davolashda differensial yondashuv. – Toshkent, 2025.
13.Xidoyatova D.N., Abdullayeva M.B. Ishemik insultning ikkilamchi profilaktikasi. – Toshkent, 2023.