“GIRYON” ROMANIDA SHAXS VA JAMIYAT MUNOSABATINING XARAKTER YARATISHDAGI BADIIY IFODASI

Authors

  • Abdujalolova Muxlisa Namoz qizi Samarqand davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi

Keywords:

Kalit so‘zlar: Nazar Eshonqul, “Giryon”, shaxs, jamiyat, xarakter, psixologizm, ruhiyat, ichki monolog, ong oqimi, begonalashuv, konflikt, roviy, Tarso, ramziy obraz, zamonaviy o‘zbek nasri.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada Nazar Eshonqulning “Giryon” romanida shaxs va jamiyat munosabatining badiiy talqini hamda ushbu munosabatning qahramon xarakterini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Asarda shaxsning jamiyat bilan aloqasi oddiy ijtimoiy munosabat sifatida emas, balki insonning o‘zligini anglash, mavjudlik mazmunini izlash va ma’naviy tayanch topish jarayoni sifatida namoyon bo‘lishi asoslanadi. Roman qahramonlarining xarakteri voqea-hodisalar orqali emas, ko‘proq ruhiy kechinmalar, ichki monolog, ong oqimi, dialogik munosabatlar, ijtimoiy tarmoqdagi muloqotlar va ramziy obrazlar vositasida ochilishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, roviy va Tarso obrazlari misolida turli avlod vakilining jamiyatga, insoniy munosabatlarga, muhabbatga, e’tiqodga va hayot mazmuniga munosabati qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida “Giryon” romanida shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyat qahramon xarakterining asosiy harakatlantiruvchi omillaridan biri ekanligi aniqlanadi.

References

1.Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: Akademnashr, 2013.

2.Eshonqul N. Giryon. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2025. – 320 b.

3.Norbaboyeva M. Nazar Eshonqulning “Giryon” romanida yetim qiz ruhiy muammosi. – 2026. 13–14-b.

4.Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent, 2002.

5.Saidmuradova S. Nazar Eshonqul ijodida ruhiyat tasviri. Termiz. 2023.110-b.

6.Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2018. – 480 b.

Downloads

Published

2026-08-18

Conference Proceedings Volume

Section

Articles

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.