BOSHLANG’ICH SINFLAR ONA TILI FANINI O’QITISHDA DIDAKTIK MATERIALLARDAN FOYDALANISH
Keywords:
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining o`ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, ular har bir ishga zo`r qiziqish bilan kirishadilar. Lekin o`z faoliyatlarida bir oz qiyinchiliklarga duch kelib ishni uddasidan chiqa olmasalar yoki tushunmasalar ularni qiziqishlari keskin susayib ketadi . Buning natijasida bolalarda o`z qobiliyatlariga, ko`nikma olishga, umuman o`qishga nisbatan salbiy qarashlari paydo bo`ladi. Shuning uchun darslarda ta`lim metodlaridan shu qadar ustalik bilan foydalanish va o`quvchilarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish kerakki, ular o`z faoliyatlaridan qoniqish hosil qilsinlar.Abstract
Boshlang`ich sinflar o`quv dasturida har bir o`quv yili davomida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yilgan talablar aniq belgilab qo`yilgan . Bu esa o`quvchiga puxta bilim berish va ularni barkamol shaxs qilib tarbiyalashda o`qituvchi ma`suliyatini yanada oshiradi