BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA STEAM TEXNOLOGIYALARI JORIY ETISHNING AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: STEAM texnologiyasi, boshlang‘ich ta’lim, fanlararo integratsiya, innovatsion ta’lim, ijodiy fikrlash, amaliy ko‘nikma.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf darslarida STEAM texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik ahamiyati va ta’lim samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faqat nazariy bilimlarni egallashi emas, balki ularni amaliy vaziyatlarda qo‘llay olishi, mustaqil fikrlashi, muammolarni hal qilishi va ijodiy yondashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, STEAM yondashuvi fanlararo integratsiyani ta’minlab, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika elementlarini yagona ta’lim jarayonida uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Boshlang‘ich sinflarda mazkur texnologiyadan foydalanish o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirish, mantiqiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirish, jamoada ishlash hamda amaliy faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Maqolada STEAM texnologiyalarini dars jarayoniga moslashtirishning samarali usullari, amaliy topshiriqlardan foydalanish imkoniyatlari va o‘quvchilarning kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, STEAM yondashuvini muntazam qo‘llash boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishning istiqbolli vositalaridan biri ekanligi asoslanadi.
References
1.Mavlonova R., Rahmonqulova N. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiyasi va integratsiyasi. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023. – 320 b.
2.Mavlonova R., To‘rayeva O., Holiqberdiyev K. Pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018. – 496 b.
3.Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2026. – 261 b.
4.Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2016. – 160 b.