KONUSLI TOSH MAYDALAGICHNING YEYILGAN ISHCHI QISMINI PAYVANDLAB QOPLASH TEXNOLOGIYASI
Keywords:
Konusli tosh maydalagichlar og‘ir ish sharoitida ishlaydi. Maydalanayotgan tosh, shag‘al va ruda zarralari ishchi qismlar yuzasiga yuqori bosim va ishqalanish bilan ta’sir qiladiAbstract
Ushbu tezisda konusli tosh maydalagichning yeyilgan ishchi qismlarini payvandlab qoplash texnologiyasi yoritilgan. Konusli maydalagichlar tog‘-kon, qurilish va yo‘lsozlik sohalarida qattiq jinslarni maydalashda keng qo‘llaniladi. Ish jarayonida maydalagichning konus, qoplama plitalari va boshqa ishchi yuzalari kuchli abraziv yeyilishga uchraydi. Payvandlab qoplash usuli yeyilgan yuzalarni qayta tiklash va ularning xizmat muddatini uzaytirishda samarali texnologiya hisoblanadi.